Samsung va Nokia 3D displeyli smartfonlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalari safiga qo`shilishga qaror qilishdi.
Hozirgi kunda 3D ekranli smartfonlarni ishlab chiqaruvchi katta kompaniyalar ikkita HTC va LG, bu xaqda UnwiredView nashr xabar berdi. Nashriyot xabar berishicha Samsung va Nokia (USPTO) savdo belgisi hamda AQSh patent byurolariga talabnoma berishgan.
3D efektini yaratish uchun Nokia keng tarqalgan texnologiyani ishlatishga qaror qilgan. Ekranda bir xil tasvir ikkita qilib kursatiladi, yani bir vaqtning o`zida o`ng va chap ko`zlarga birdek tushadi. Shu bilan birga kompaniya patentida ikki o`lchovli tasvir qanday qilib uch o`lchovli rejimiga o`zgarishi haqida yozib o`tilgan.
HTC Evo 3D i LG Optimus 3D larda bo`lgani kabi, fin kompaniyasi planshetlarida ham displeyni 3D tasvirga o`zgartirish, hamda uni oldingi ikki o`lchamli holatiga o`tirish uchun tugmasi bo`ladi. 3D rasmni ko`rish uchun foydalanuvchilarga maxsus ko`zoynak taqishning keragi bo`lmaydi. Xuddi shunga o`xshash texnologiya Samsung patent talabnomasida ham keltirib o`tilgan.
Birinchi 3D displeyli smartfonlarni ishlab chiqara boshlagan kompaniya bu LG kompaniyasi hisoblanadi. Smartfon 2011 yil fevral oyida Mobile World Congress ko`rgazmasida ommaga taqdim etilgan edi. Gadjet 4,3-dyuymli ekranga (480×800 pikselli), 5-megapikselli ikki obektivkaga ega (2D va 3D tushirish uchun) kamera, xamda ikki yadroli TI protsesoriga va 4 GB operativ xotirasiga ega bo`lgan.
men xozir samsung galaxy ishlatyapman,va menga juda yoqadi shu modeli.sasung telefonlarni chiqarishni biladi )))