Bir oy oldin Samsung o’zining yangi 30 terabayt bo’lgan dunyodagi eng katta SSD-diskni taqdim etgan edi. Biroq, bugungi kunda Janubiy Koreya kompaniyasining rekordidan ham o’tib ketadigan topildi.
Nimbus Data kompaniyasi SATA interfeysiga ega bo’lgan 3,5 dyumli 3D-flesh xotira asosida ishlaydigan ExaDrive DC100 ni taqdim etdi. Uning hajmi 100 terabaytni tashkil etadi.
Bunday turdagi disklar uy kompyuterlari uchun mo’ljallanmagan. Ularning ishlatish sohasi serverlar bo’lib, ular uchun saqlash hajmi eng muhim hisoblanadi (ExaDrive DC100 ma’lumot uzatish tezligi nisbatan yuqori emas – 500 megabayt/s). Bir serverda bunday disklar bilan 100 petabayt ma’lumotlarni kiritishingiz mumkin. Bu ma’lumotlar markazlari maydonlarini yanada samarali ishlatish imkonini beradi.
Nimbus Data yangi mahsulotining narxi hozircha noma’lum, biroq terabaytga ko’ra u ma’lumotlarni uzatish markazlari uchun boshqa yuqori quvvatli SSD-lar bilan taqqoslanadigan bo’ladi. Bu xarajat o’n minglab dollar bo’lishi mumkin deganidir.