AQShning Seagate Technology kompaniyasi dunyodagi birinchi 8 TB hajmdagi disk ishlab chiqarishi haqida habar berdi. Ushbu moslama 3,5 dyuymli form-formatda qilingan va SATA interfeysga ega, ma`lumot almashish tezligi 6 Gbit/s.
Yangi to`plagichning hajmi Seagate 2014-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan moslamadan 33% ga ko`proq bo`ladi. Aynan bunday hajmga (6 TB) Seagate ning raqibi – Amerikaning Western Digital kompaniyasi ham ega. Western Digital kompaniyasi 6 TB diskni 2013-yilning noyabr` oyida ishlab chiqardi.
Yangi Seagate ning 8 TB to`plagichda umuman geliy moddasi ishlatilmadi. Biroq ishlab chiqaruvchi qanday qilib hajmni oshirishga ega bo`lgani haqida habar bermagan.
Seagate kompaniyasi 2015-yilning ohirida yangi usul bazasida 20 TB hajmdagi disk ishlab chiqarishlari mumkinligini ta`kidlab o`tgan edi. Dunyodagi birinchi 8 TB disklarning sotuvga chiqishni 2014-yilning 4-kvartalida mo`ljallab qo`yilgan. Biroq uning narxi no`malumligicha qolgan.