Afsonaviy o’yin konsoli qaytmoqda!

Afsonaviy o’yin konsoli qaytmoqda!

Sega kompaniyasi o’zining taniqli retro konsoli, Mega Drive’ning (shuningdek, Genesis nomi bilan ham tanilgan) davomchisi, yangi Mega Drive Mini 2’ni chiqarmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ham kartrij, ham CD o’yinlarni qo’llab-quvvatlashi aytilayotgani ushbu nostalgik o’yin konsoli hozircha faqat Yaponiya uchun chiqarilishi aytilmoqda.

Mega Drive Mini/Genesis 2 ellikdan ortiq o’yinlarni o’z ichiga oladi va garchi hali o’yinlarning to’liq ro’yxati chiqarilmagan bo’lsa ham, ularning orasida Sonic the Hedgehog, Virtua Racing va Shining Force kabi o’yinlar bo’lishi aniq.

Mega Drive Mini 2 konsoli 27-oktabrdan ¥9,980 (tahminan $75) narxda sotuvga chiqariladi. Shuningdek, unga qo’shimcha tarzda sotiladigan Sega CD aksessuari esa ¥4,500 ($35) turadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    мани уюмда буган, марио уйнаганман

  2. ДД

    крутотень!

  3. Shukur

    cool top4ik!

  4. Otabek

    eh… mazza qilib uynirdiw wuni…

  5. SM

    ps5 yetmidi baribir

  6. Oybek

    good good good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social