yirik Tayvan elektronika proekt qilish va ishlab chiqarish “Wistron Corporation” kompaniyasi yaqin orada qarama-qarshi aloqa tizimi “Tactus Technology” bilan birinchi moslamalarni ishlab chiqarishni boshlaydi.
“Tactus” texnologiyasi sensorli displey yuzasida rel`efni his qilish imkoniyatini beradi. Ekranli tugmalar ushbu texnologiya orqali “jismoniy” bo`lib qoladi. Foydalanuvchining talabi bo`yicha tizim ekranda qavariqliklarni shakllantiradi. Agarda klaviatura ishlatilmasa, u holda ular (qavariqliklar) yo`q bo`ladi.
Joriy yilning oxirida sotuvga “Apple iPad Mini” planshetlari uchun maxsus rel`efli klaviatura bilan g`ilof chiqariladi va ushbu klaviatura foydalanuvchi talablariga ko`ra paydo bo`ladi va yo`q bo`ladi. Bu “Tactus Technology” va “Wistron” bilan birga ishlab chiqarilgan birinchi mahsulot hisoblanadi.
Maxsus mikrokanallar, gadjetning yuzasidagi panelda joylashgan va u toksik bo`lmagan suyuqlik bilan to`ldirilib, ushbu suyuqlikni zarurat bo`lganda butunlay chiqarib tashlasa ham bo`ladi va ekran butunlay yana tekis holga keladi.
Kelajakda “Tactus” tartib sensor ekranli mobil moslamalarga o`rnatilishi ham kutilmoqda.
yaxshi uylab topishdi, ammo bunday texnologiya kerak emas manimcha. baribir sensor uzi qulay