Sizda Xiaomi bormi? Suratga tushiring va 10 ming dollargacha pul ishlang!

Sizda Xiaomi bormi? Suratga tushiring va 10 ming dollargacha pul ishlang!

Xiaomi “Xiaomi Photography Challenge 2018” foto tanlovini e’lon qildi, unda siz 10 ming dollargacha pul yutib olishingiz mumkin. Suratlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan smartfonlarda tushirilishi kerak va ularni faqat smartfonning standart funksiyalarida o’zgaritirish mumkin.

Arizalar to’rtta toifada topshirilishi mumkin: “Tabiiylik” (“Natural look”), “Dunyoning bir qismi” (Piece of the world), “Fantastic manzara” (Dreamscape) va “Nega bunday jiddiy” (Why so serious). Rasmlar EXIF ​​formatida ma’lumotlarni o’z ichiga olishi va hajmi 300 KB dan 10 MB oralig’ida bo’lishi kerak.

Har bir ishtirokchi oltita fotosuratlar yuklashi mumkin. Ishtirokchilar ikkinchi bosqichga o’tish uchun boshqa foydalanuvchilardan kamida uchta layk olishlari kerak. Keyinchalik rasmlar professional hakamlar tomonidan har bir toifada 25 rasm qolguncha olib tashlanadi. Keyin, bu 100 ta eng yaxshi “Xiaomi jahon hamjamiyati a’zolari” ovozlarini berishadi.

Har bir toifadagi g’olibiga 10 ming dollar, ikkinchi o’rin uchun 2 ming dollar, uchinchi o’ringa esa 500 dollar beriladi. Sovrinni olish uchun pasportingizning nusxasini yuborishingiz kerak bo’ladi.

Tanlovdan Xitoydan tashqari, dunyodagi barcha mamlakat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Ariza 22-noyabrga qadar topshirilishi mumkin. G’oliblar 7-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Ariza berish →

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social