“Kickstarter” da XXI asrning yangi Skarp ustarasi “britva”ni yaratish uchun mablag` yig`ishni boshlashdi.
Loyiha mualliflarning aytishlaricha, ushbu britva orqali kesib olish yoki teriga zarar etkazishlarning oldi olinadi.
“Skarp” ko`rinishidan oddiy ustaraga o`xshaydi, biroq siz unda bitta ham lezviyani topolmaysiz. Moslamada IPL (intensiv yorug`lik pul`si) texnologiyasi ishlatiladi, ushbu tizim 1989 yilda ishlab chiqarilgan va bugungi kungacha sochlarni olib tashlash va dermatol davolanishda ishlatiladi. Skarp britvasi 6061-allyuminiy qotishmadan qilingan. Britva AAA batareyalardan zaryad oladi.
Shuningdek, aytib o`tish kerakki, Skarp foydalanuvchilar pena, gel` va har hil los`onlarni unutishlari mumkin, chunki ushbu britva ishlatilgandan keyin ularning keragi yo`q.
Lazer britva sotuvi 2016-yilning mart oyida mo`ljallangan. Skarp ning narhi haqida hech qanday ma`lumot berilmagan.
Manba: Naked-Science.ru