Olimlar smartfonlar orqali er qimirlashi haqida xabar beradigan tizimni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu tizim er qimirlashlar haqida ogohlantiruvchi tizimlar bo`lmagan maskanlarda samarali ishlashi kutilmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, smartfonlar GPS datchiklar yordamida er osti qimirlashlarni etti va yuqori balli zilzilani ko`rsatishi mumkin. Test sinovlari Google Nexus 5 modellarida o`tkazilgan. Tizimning ishlashi juda oson. Agarda bir necha GPS smartfonlar zilzila haqida xabar bersa, bu erda qimirlash bo`lmasligi ham mumkin. Ammo bir necha ming moslamalar xabar bersa , demak ogohlantirish kerak bo`ladi.
Zilzila markazida bo`lgan gadjetlardan ma`lumotlar analizdan o`tkazilib, keyin jo`natiladi. Olimlarning aytishicha, bu boshqa insonlarni halokat boshlanishidan bir daqiqa oldin ogohlantiradi. Bu vaqt aholini evakuatsiya qilish uchun etarlidir.
Manba: Naked-Science.ru
xursandman shunaqa tizim borligidan
Кечаям кечаси кимирлади…