Suvsiz ishlaydigan kir yuvish mashinasi

Suvsiz ishlaydigan kir yuvish mashinasi

Ikki yosh argentiniyaliklar suvsiz ishlaydigan kir yuvish mashinasini o`ylab topishdi. Kordovaning Milliy Universiteti talabalari Nikolas Arayya va Nikolas Vuksanovik ushbu ixtironi dunyoga o`zlarining diplom ishi sifatida namoyon etishdi. Kiyimlarni tozalash uchun ular uglerod dioksid yoki karbonat angedrid gazi bilan foydalanishni taklif etishdi.

Arayya va Vuksanovik dunyoning ekologik muammolarini, asosan suv bilan bo`lgan muammoni xal qilish uchun o`z hissalarini qo`shishga qaror qilishdi. Ushbu maqsad bilan ular yangi kir yuvish mashinasini o`ylab topishdi.

Boshqa quruq tozalaydigan mashinalar baribir oz miqdorda suvni ishlatadilar. Yangi kir yuvish mashinaning nomi “Nimbus” bo`lib, u butunlay quruq ishlaydi. Unga faqatgina tabiiy karbonat angedrid gaiz va yuvish uchun ekologik toza maxsulot kerak bo`ladi. Undan tashqari oddiy kir yuvish mashinalariga qaraganda, u kamroq elektroquvvatni ishlatadi. Shunday kir yuvishdan keyin kiyimlarni na quritish, na dazmollash kerak emas.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. e qoyil endi kir mashinalarigayam metan urnatadigan bo’pmizde

  2. Bizning qishloqqa rosa mos kir moshin ekanda.

  3. ximchistka xam kerak bulmidi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social