Tekis monitor olgan yaxshimi yoki buklanadigan?

Tekis monitor olgan yaxshimi yoki buklanadigan?

Geymerlar, kompyuter qurilmalari ishlab chiqaradigan Corsair kompaniyasi ikkitasi birda bo’lgan yangi monitorni taqdim qildi. Gap shundaki, Xeneon Flex 45WQHD240 nomli monitor buklanadigan xususiyatga ega, ya’ni undan ehtiyojga qarab tekis yoki buklangan holatda foydalanish mumkin.

Ma’lum bo’lishicha, buklanuvchi displey LG Display’ning W-OLED paneliga asoslangan bo’lib, Corsair o’zining Xeneon Flex monitorini ishlab chiqarishda koreyalik kompaniya bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Qizig’i shundaki, LG Display o’tgan yilgi CES ko’rgazmasida taqdim qilgan motorlar yordamida o’zi buklanadigan/tekislanadigan monitor prototipidan farqli o’laroq, Corsair’ning yangi monitorini uning ikki yon chetida joylashgan ushlagichlar bilan qo’lda bukishingiz kerak bo’ladi. Undanam qizig’i shundaki, siz monitorning chap yoki o’ng tomoni egriligini o’zingiz to’g’irlashingiz, ya’ni bir tomonni tekis, boshqa tomonni egri qilib olishingiz mumkin.

Texnik xususiyatlari haqida gapiradigan bo’lsak, monitor 45 dyuymli, 3,440×1440 rezolyutsiyadagi, tomonlar nisbati 21:9 bo’lgan ultra keng panelga ega bo’lib, uning yangilanish tezligi 240 gerts, eng yuqori yorqinligi esa 1000 nitsni tashkil qiladi. Maksimum buklanuvchanligi 800R (R – radius). Shuningdek, monitor HDMI, DisplayPort, USB-C, USB-A va naushnik uyasiga ega.

Afsuski, hozircha Xeneon Flex’ning qachon sotuvga chiqarilishi va narxi haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    красивый

  2. .......

    Assalomu aliykum Bllkim buklangani yaxshirodir menga yoqdi

  3. Hozr kupla noutbukdan foydalanawadiku unknw

  4. Махмуд

    топчик good

  5. Shuxrat

    uyinga zur buladi

  6. good nice

  7. krasiviy

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social