Tanlangan xabarlarni rejalashtirishda parametr eslatma kabi ishlaydi.
Telegram dasturchilari messenjerga xabarlarni rejalashtirish imkoniyatini qo‘shdilar. Bu haqda kompaniya blogida keltirilgan.
Kechiktirilgan xabarni yaratish uchun chatda “Yuborish” tugmachasini ushlab turish kerak, keyin “Keyinchalik yuborish” bandini tanlash va yuboriladigan sana va vaqtni belgilash kerak.
Funksiya shuningdek, saqlangan xabarlarda eslatuvchi sifatida ishlaydi. Foydalanuvchi o‘zi uchun vazifalar, uchrashuvlar, tadbirlar va boshqa masalalar to‘g‘risida eslatmalarni yaratishi mumkin.
Bildirishnomalarda foydalanuvchi o‘zi ushbu xabarni ilgari rejalashtirganligini tushunishi uchun kalendar belgisi qo‘yiladi.
Shuningdek, ishlab chiquvchilar maxfiylik sozlamalarini yangiladilar: endi foydalanuvchi uni telefon raqami orqali topishi mumkin bo‘lgan odamlar doirasini cheklab qo‘yishi, shuningdek, telefon raqamlarni kontaktlar ro‘yxatidan tashqari har kimdan yashirish mumkin.