Telegram messendjeri tobora ommalashib bormoqda va ayni paytda ko’proq imkoniyatlarga ega bo’lmoqda. Ishlab chiquvchilar javob berish funksiyasini 2015-yilda taqdim etishgan edi, ammo o’sha vaqtdan boshlab guruhlarning maksimal soni 50 barobarga, 200 dan 10 000 tagacha oshdi. Ko’pgina insonlar bilan xabarlar oqimi ba’zan juda katta, shuning uchun sizga yuborilgan xabarni o’tkazib yuborish oson. Shuning uchun, yangi 4.3 versiyada javob tizimini qayta ishlab chiqildi.
Agarda sizni suhbatlarda belgilashgan bo’lishsa yoki kimdir sizning xabaringizga javob bersa, suhbatdagi xabarlar sonida tashqari, siz yana “@” belgisini ham ko’rasiz. So’ng suhbat xonasida siz to’g’ridan-to’g’ri sizga yuborilgan xabarlarga borish uchun ushbu belgini bosishingiz mumkin.
Telegramdagi xabarlar aloqaning ajralmas qismiga aylandi. Foydalanuvchilarga minglab stiker to’plamlari mavjud. Biroq, ko’p hollarda, butun stiker ro’yxati faqat ma’lum bir stiker tufayli saqlanadi. Endi siz bir nechta stikerni yoqqan bo’lsa, unga bosib uni sevimli ro’yxatiga qo’shishingiz mumkin. Barcha belgilangan stikerlar maxsus bo’limda ko’rsatiladi.
Shuningdek, Telegram 4.3 da kamida yuz nafar a’zolarga ega bo’lgan guruhlar uchun rasmiy stiker tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu stiker sizning ro’yxatingizga qo’shilmasdan, suhbatning barcha ishtirokchilari uchun ko’rinadigan bo’ladi.
Yana “Do’stlarni taklif qiling” bo’limi ham qaytadan tuzildi. Agar sizning kontaktlaringiz ro’yxatida kimnidir Telegrami hali mavjud bo’lmasa, lekin uning do’stlari allaqachon ushbu xizmatda bo’lsa, bunday foydalanuvchilar ro’yxatning yuqori qismida ko’rsatiladi.