Televizor xaridi oila uchun muhim voqea. Zero, sevimli filmlar tomoshasi qanchalar yoqimli bo‘lishi, shu bilan birga texnikaning ishlash muddati ham tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Ushbu maqolada texnik jihatlarni yaxshi tushunmasangiz ham sifatli televizor tanlashga yordam beruvchi uchta noan’anaviy maslahatni taqdim etamiz.
Mayda detallarga e’tibor qarating
Tanlov qilishda nafaqat televizor diagonali, balki boshqa kichik jihatlar ham muhim. Qayerdan xarid qilishingizdan qat’i nazar (oddiy do‘kon yoki internet-do‘koni) televizorning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qarating. Unda mexanik shikastlanishlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Ba’zida texnikani ko‘chirish/transportirovka qilish jarayonida qirilish va ko‘chish holatlari yuzaga keladi. Ayniqsa, ekranga zarar yetmagan bo‘lishi juda muhim. Shu sababdan, do‘konda mahsulotni sotib olish va yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish chog‘ida qadoqni ochib, texnikaning butunligini tekshiring.
Televizorni do‘konda qanday tanlash mumkin
Agar do‘konda bo‘lsangiz, oddiy test o‘tkazing: televizor ekrani ustidan barmog‘ingizni yurgazib ko‘ring. Arzongarov televizorlarda ekrandagi kristallar «chaplanib»/«surkalib» ketadi, sifatlilarida esa tasvir o‘zgarishsiz qoladi. Bundan tashqari, ekranga o‘tkir burchak ostidan nazar soling: agar bunda tasvir sifati buzilsa, demak qurilmaga sifatsiz matritsa o‘rnatilgan.
Kontent sifatini qanday tekshirish mumkin
Agar siz maishiy texnika do‘koniga kelsangiz, ko‘pincha barcha televizorlarda deyarli bir xil kontent (asosan reklama videolari) qo‘yilganini ko‘rasiz. Bunday holda turli televizorlar o‘rtasidagi farqni qanday aniqlash mumkin? O‘zingizga ma’qul kelgan televizor modelini tanlaganingizdan so‘ng, sotuvchidan siz ko‘rishni rejalashtirgan kontentni (masalan, sevimli film yoki serialingiz, onlayn-kinoteatr) qo‘yib berishni so‘rang. Shuningdek, siz foydalanmoqchi bo‘lgan ilovalarni o‘rnatib berishni ham iltimos qiling.
Shu yo‘l bilan siz o‘z uyingizda ko‘rmoqchi bo‘lgan muayyan videoning tasvir sifati sizga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilasiz. Ko‘pincha «joyida» biroz shoshib qolish mumkin, shuning uchun qurilmani o‘zingiz ishonadigan yaqin insoningiz bilan birga tanlagan ma’qul. Shunda hech kim sizga to‘g‘ri kelmaydigan televizor modelini xarid qilishga unday olmaydi. Shuningdek, xariddan kutayotgan talablaringizni yozib olishingiz ham mumkin. Masalan, siz uchun televizor uyingiz intereriga mos tushishi yoki internetdan video ko‘rishga mo‘ljallangani muhim bo‘lishi mumkin.
wun4a yozibsila, qanaqa televizorla yaxwi dib yozmabsila
foydali narsala yozilgan dib uyludim…
да ладно вам, есть норм информация
norm norm maslaxatla
televizorni hozir kim kuradi uzi?
man kuraman, futbol, kinolani televizorda kuraman