Tesla kompaniyasining gumanoid roboti 2022-yilda paydo bo‘ladi. U insonlar uchun eng xavfli yoki juda zerikarli bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
Tesla Bot sun’iy intellekt bazasida ishlaydi. Uning bo‘yi 173 santimetrni, og‘irligi esa taxminan 56 kilogrammni tashkil etadi.
Robotning yuz qismi o‘rniga ma’lumotlarni chiqarib beradigan ekran joylashadi. Oyoq va qo‘llari alohida servouzatmalar yordamida boshqariladi — ular 40 tani tashkil etadi. Tesla Bot soatiga 8 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Robot o‘tirishga qodir. Bunda unga Tesla’ning mustaqil boshqariladigan avtomobillaridagi kameralar yordam beradi. Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, “do‘stona” robot “xavfli, bir xil va zerikarli vazifalarni bartaraf etadi va insonlar bajarishni istamaydigan vazifalar bilan shug‘ullanadi”.
Avvalroq Ispaniyada paelya tayyorlashga qodir dunyodagi birinchi robot-qo‘l yaratilgani, odamsimon ko‘rinishga ega Digit roboti avtonomga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
,
, ajoyib maqola ❤️