Meta Twitter’ga oʻxshash Threads ilovasini ishga tushiradi

Meta Twitter’ga oʻxshash Threads ilovasini ishga tushiradi

Ilova 6-iyul kuni ishga tushirilishi va hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud boʻlishi ma’lum qilindi.

“Meta” kompaniyasi “Threads” mikrobloglar ilovasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Reuters” nashri.

Bunga “Twitter” ijrochi raisi Ilon Mask foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoq saytida oʻqishi mumkin boʻlgan postlar soniga vaqtinchalik cheklov qoʻyishini eʼlon qilgani sabab boʻlgani aytilmoqda.

Ilovaning 6-iyul kuni chiqarilishi kutilmoqda va foydalanuvchilarga “Instagram”dagi obunachilarni va “App Store” roʻyxatida koʻrsatilgan foydalanuvchi nomini saqlab qolish imkonini beradi.

“Threads” hozircha iOS smartfonlarida ishga tushiriladi, dasturning Android tizimida qachon chiqarilishi hozircha noma’lum.

“Meta” “Twitter”ning analogini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida may oyida ma’lum qilingandi.

Xabarda yangi ijtimoiy tarmoq “Instagram” bilan sinxronlanishi, ya’ni eski ijtimoiy tarmoqdagi profil orqali tizimga kirish va undan bloklangan foydalanuvchilar ro‘yxatini o‘tkazish mumkinligi qayd etilgandi.

Kaliforniya universitetining ijtimoiy marketing professori Lea Xaberman “Meta”dan yangi ijtimoiy tarmoqni 2023-yil iyun oyi oxirida chiqarishi mumkinligi haqida aytgandi.

Birinchi marta kompaniya tomonidan yangi markazlashtirilmagan ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqish mart oyida ma’lum bo‘ldi.

Loyiha Instagram bosh direktori Adam Mosseri tomonidan nazorat qilinadi va uning ishchi nomi — P92 deb nomlangan.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Твиттерда утирадиганла узи боми?

  2. Otabek

    Ko’p odamlar o’tiradi twitterda, men ham kirib turaman. Ko’p yangiliklarni o’sha yerda o’qiman

  3. Aziza

    Twitterda oldin utirardim, keyn qizigi qomadi

  4. Alisher

    Ska4at qildim, twitterdan qulayro

  5. Farruh

    Androidga yomi?

  6. Olimbek

    Yozilganu IOS ga dib

  7. Farruh

    Qachon chiqadi?

  8. Sumayya

    Lagatipi antikvar ekan

  9. Aziza

    Mangayam yoqdi

  10. Vasila

    good yaxshi

  11. Charos

    Uje androidda ham bor

  12. Toir

    Vau

  13. Xurshid

    Qulay ekan, instagramga kimga yozilgan bo’sam, u yerda ham ularga yozildim

  14. Ilhom

    Vashe zor, menga yoqdi

  15. Sevara

    Menga juda juda yoqdi

  16. Arslon

    Zorku

  17. Gavhar

    pardon

  18. Izzat

    sorry Nima bu?

  19. Shodiya

    Akkauntni qanaqa qilib u4irsa buladi?

  20. Тимур

    Инстаграмни учириб

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social