Uchtasi birda – smartfon, fitnes-treker va aqlli soat

Uchtasi birda – smartfon, fitnes-treker va aqlli soat

Hozirda butun dunyo “Apple” ning aqlli soatlarini va “Samsung” ning ikkinchi avlod “Galaxy Gear” kutishmoqda va dizaynerlar ushbu moslamaning yangi har xil turlarini namoish qilmoqdalar.

Janubiy Koreyalik dizayner Cheb`yuna yona LIMBO soatining kontseptini ishlab chiqdi va mazkur moslama o`z ichiga deyarli hamma texnologik trendlarni olgan. LIMBO – bu smartfon va egiluvchan ekran tufayli aqlli soatga aylanishi mumkin. Shuningdek moslamani maxsus brasletga o`xshatib ko`lda taqib yursa ham bo`ladi.

LIMBO uchta qattiq va ikkita egiluvchan modullardan iborat bo`lib, egiluvchanlik yuqori temperaturali poliuretan orqali erishiladi. LIMBO diagonali – 4,3 dyuym, qalinligi – 6 millimetr. Moslamaning olti rangda ishlab chiqarilishi tahmin qilinmoqda.

Android-smartfonning standart imkoniyatlaridan tashqari, moslama Smart Healthcare nomli tizimga ham ega va shunga o`xshash tizim barcha aqlli soatlarda bo`ladi. Tizimning mohiyati shundaki, o`rnatilgan sensorlar pul`s va bosimni o`lchaydi. Shunday ma`lumotlarni ko`rib chiqqanda holda moslama sport mashg`ulotlari uchun maslahat berishi mumkin yoki sog`liq haqida ogoxlantirishi mumkin. Moslama osonlik bilan egiladi, foydalanish uchun juda qulay hisoblanib, foydalanuvchilarga ko`plab imkoniyatlar berishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social