WhatsApp va Twitter ma’lumotlar xavfsizligi jihatidan yomon xizmatlar deb topildi

WhatsApp va Twitter ma’lumotlar xavfsizligi jihatidan yomon xizmatlar deb topildi

Notijorat tashkilot foydalanuvchilarning ma’lumotlari xavfsizligi bo’yicha olib brogan izlanishlari natijalarini e’lon qildi.

Unga ko’ra Microsoft va Google foydalanuvchilarning ma’lumotlari himoyasini yuqori darajada ta’minlab kelinayotgani aniqlandi. O’z navbatida WhatsApp va Twitter himoyaga zaif deb topildi.

Barchasi bo’lib 26 ta kompaniya faoliyati tekshirib chiqilgan. Foydalanuvchilarning ma’lumotlari himoyasini ta’minlash bosh tamoyillari deb hukumat bilan munosabatlarning shaffofligi, ma’lumotlarning uchinchi shaxsga berilishi, hukumatning kompaniyaga murojatlarining qonuniyligi, bundan tashqari kompaniyaning hukumat kuzatuvidagi shaxslarga nisbatan pozitsiyasi belgilab olingan.

E’lon qilingan reyting bo’yicha Airbnb va Snap o’rta o’rinlarni egallagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social