Rasman: Xiaomi 200MP kamerali smartfonni taqdim qildi

Rasman: Xiaomi 200MP kamerali smartfonni taqdim qildi

Bir necha oylik mish-mishlardan so‘ng, Xiaomi rasman o‘zining Xiaomi 12T seriyasidagi smartfonlarini taqdim qildi. Avval ma’lum qilinganidek, qatorda ikki model bor: Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro. Ulardan Pro model kompaniya tasdiqlaganidek 200MP kameraga ega.

Xiaomi’ning ushbu yangi premium smartfonlari ham avvalgi Xiaomi 12 flagmanlarinikiga o‘xshash dizaynda: orqa tomonida uchta kamerani va LED chiroqni o‘z ichiga olgan kamera oroli, old tomonining yuqori markazida esa yumaloq teshikli selfi kamera bilan chiqarildi.

Xiaomi 12T dan boshlaydigan bo‘lsak, oddiy model kamera borasida yangiliklarga ega emas. U 108MP asosiy orqa kameraga ega. Xiaomi 12T Pro esa 200 megapikselli kameraga ega dunyodagi ikkinchi smartfon bo‘lib, 8P linzalardan tashkil topgan sensor o‘lchami 1/1.22 dyuymni tashkil qiladi va u 16 piksellarni 1 taga jamlash texnologiyasidan foydalanadi. F1.69 diafragmali kamera tasvirni optik barqarorlashtirish (OIS) xususiyatiga ega. Shuningdek, kompaniya kamera bilan bog‘liq bir nechta qo‘shimcha funksiyalarni ham taqdim qildi. Ulardan biri ProCut xususiyati bo‘lib, u sun’iy intellektga asoslangan va suratdagi perspektivni aniqlab sizga tasvirni bir nechta kesilgan variantlarini taqdim qiladi. Ta’kidlash joizki, kamera tunda ham yuqori tiniqlikdagi tasvirlarni olish imkonini beradi. Kamera bilan 8K sifatdagi videolar olish ham mumkin.

Xiaomi 12T Pro smartfoni 4 nanometrli Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan jihozlangan bo‘lsa, Xiaomi 12T modeli MediaTek’ning 5 nanometrli Dimensity 8100 Ultra chipiga ega va ular MIUI 13’da ishlaydi. 8/12GB operativ va 128/256 GB doimiy xotira bilan keladigan smartfonlar 5000 mA/s batareya sig‘imiga ega. Bu bilan smartfon ekrani 13.5 soat tinimsiz yoniq tura oladi yoki siz 7.8 soat tinimsiz o‘yinlar o‘ynashingiz mumkin. Quvvat tugaganida esa smartfonni 120 Vt tezlik bilan19 minutda to‘liq zaryadlab olishingiz mumkin.

Xiaomi 12T smartfonlarining 6.67 dyuymli CrystalRes AMOLED ekrani 2712×1220 rezolyusiya va 120 gers yangilanish tezligiga ega. Seriyadagi Pro model ekrani esa moslashuvchan HDR xususiyatiga ham ega. Qo‘shimchasiga smartfonlar Dolby Atmos’ni qo‘llab-quvvatlaydigan ikkilik ovoz kuchaytirgichlarga ega. Smartfonlar 3 yillik Android va 4 yillik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qila olishadi.

Narxlarga keladigan bo‘lsak, Xiaomi 12T Pro modelining 8/128GB variantdagisi 749 yevro, xuddi shunday xotira konfiguratsiyali Xiaomi 12T esa 599 yevro bo‘lishi ma’lum qilindi. Ular 13-oktabrdan boshlab kulrang, qora va ko‘k ranglarda sotuvga chiqariladi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shokirov

    750$??? Xiaomi telefoni u4un? Namun4a

  2. ......

    Assalomu aliykum Shokirov bilasizmi hozgi telefonla ushanaqa qimmat hayron bumen

  3. Shokirov

    Samsung busayam maylikan

  4. ......

    assalomu aliykum Shokirov nega unday deb etvosiz

  5. Shokirov

    Samsung Koreya, Xiaomi Xitoy

  6. Oybek

    Yaxshi

  7. Feruzbek

    Zur telefon a tak

  8. Nodirabegim

    Xiaomi yaxwi telefonla 4iqaradigan buliwgan

  9. Di

    buladi

  10. Adis
  11. Lobar

    Zurku

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social