Xiaomi kompaniyasining eng ishonchsiz smartfonlari ma’lum qilindi

Xiaomi kompaniyasining eng ishonchsiz smartfonlari ma’lum qilindi

Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi.

Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining jiddiy nuqsonlarga ega eng ishonchsiz smartfonlarini ma’lum qildi.

Ro‘yxatni Redmi Note 5, 7, 8, Xiaomi Mi A2 va Mi 6X ochib bergan. Qayd etilishicha, bu smartfonlar egalari ko‘pincha displeydagi muammolardan shikoyat qilgan. Gizchina buning sababi kompaniya sifatsiz displeylardan foydalanganligida deb yozgan.

Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi. Ma’lumot berilishicha, sifatsiz shleyf sababli bu smartfonlarda daktiloskopik skanerlar tezda ishdan chiqqan.

Ayrim Xiaomi Mi 8 egalari Wi-Fi-moduli noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Shikoyatlarga qaramasdan, bu xato to‘g‘rilanmagan.

Ro‘yxatdan shuningdek, 2020 yilda chiqarilgan Poco M3 ham joy oldi. Smartfon ma’lum muddat ishlaganidan so‘ng yonmay qolgan.

Old kamerasi bo‘rtib chiqqan Xiaomi Mi9T va Redmi K20 ham ishonchsiz telefonlar ro‘yxatiga kiritildi. Qayd etilishicha, bo‘rtib chiqqani sababli kameralar keyinchalik ishlamay qolgan.

Xiaomi Mi 9 egalari kameradan 10 daqiqadan ortiq foydalangandan so‘ng qurilma qizib ketishi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Mazkur muammo bois uzoq davom etadigan videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan.

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sobir

    menda redmi note 9 pro, axvol telefon

  2. Aziza

    good iphone olila

  3. Тимур

    Айфонга пул йу laugh

  4. Aziza

    ke4ris sorry

  5. .......

    Assalomu aliykum hammaga Ayfon chunchali qimmatmi Timur xech Ayfonga ishim tushmagan ekan

  6. Aziza

    Qanaqa telefon iwlatas singlim?

  7. .......

    Man Samsung A02 ishataman prostoygina unaqa xashamdor telefonla ishatmiman nu qiziqmiymande shunaqa zerikarli insonmande Aziza opajonim

  8. Aziza

    SInglim, uzizzi yomonlawni bas qiling. xafa bulmang, lekn har doim uzizzi kamsitaz, bunaqa qimen, siz zursiz, yaxwi insonsz

  9. .......

    balkim shunaqa yaxshidirman sizga lekin chindan uzimmi yomonro deb hisobliyman bilmadim negaligini

  10. Aziza

    nimaga unaqa uyls?

  11. .......

    Balkim bu ham dunyo qarashimga boludir aziza yana bilmadim

  12. Aziza

    hamma narsani dunyoqarawim wunaqa dib eturmen, uzgariwga harakat qilin, inson uzgarmasa qotib ketadi ahr

  13. Ozodbek

    good good

  14. .......

    Assalomu aliykum balkim siz turi etgandirsiz aziza lekin uzgarish juda qiyin manimcha lekin harakat qilaman juda kup aytaylik uzgarish deyarli yuq yana harakat qilib kuraman

  15. Aziza

    Salom alaykum singlim, uzgariwga nima qivossiz?

  16. .......

    Assalomu aliykum aytaylik yon atrofimdagi insonla bilan yaqinlashishga uryapman nimalargadur qiziqish uygotmoqchiman tabiatga qarab zavqlanaman deymani zavqlanish umuman yu ha odamlaraga qushilib men ham fikrimmi etmoqchi bulib harakat qilyapman aytsam juda kup lekin bari samarasiz buvotti afsus

  17. Aziza

    Nega samarasi yu?

  18. ........

    Aytaylik men qanchalik harakat qilmayin uzgarolmayapman bor kuchim bilan harakat qivobman lekin samarasiz buvotti

  19. Aziza

    qanday harakatlar qivos?

  20. .......

    ha aziza opa qytaylik tepeda etgan harakatlar va yana iloji boricha insonlaga yaqin bulishga urnyapman balkim menda Isfandiyor etganidek depressiya bordur yana blmadim lekin harakrat qilyapman iloji boricha dunyoga guzal kuzlar bilan qarashga yoki nimalardurga qiziqishga uzimni nimalar bilandir ozgina utmishdan olib chiqqan holda ovutishga uylanmaslikka va har bir narsaga soxtalik demasdan qarashga urinib harakatta bulyapman afsus qani edi xech bulmaganda 10% foiz samara berganida

  21. Aziza

    Demak haqiqatdan ham depressiya buliwi mkn, 4unki depressiyada dunyo 4iroyli kurinmaydi, psixologga bor kurin, buning yomon tarafi yuq.

  22. .......

    chunarli raxmat aziza opajon

  23. Aziza

    kiss kiss kiss

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social