Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «o‘lim guruhi»da. YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «o‘lim guruhi»da. YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi

25 avgust kuni Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA qarorgohida Yevropa Chempionlar ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Hamid Oltinto‘p, Yaya Ture singari taniqli sobiq futbolchilar ishtirok etgan qur’a jarayoni bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etdi. Yozgi transfer oynasida «Bavariya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovski sobiq klubiga qarshi to‘p suradi. Qayd etish joiz, «S» guruhi «o‘lim guruhi»ga aylandi.

YeChL 2022/23 yilgi mavsum guruhlari bilan tanishing:

  • A guruhi: «Ayaks», «Liverpul», «Napoli», «Reyndjers».
  • B guruhi: «Portu», «Atletiko», «Bayyer», «Bryugge».
  • C guruhi: «Bavariya», «Barselona», «Inter», «Viktoriya» Plzen.
  • D guruhi: «Ayntraxt», «Tottenhem», «Sporting», «Marsel».
  • E guruhi: «Milan», «Chelsi», «Zalsburg», «Dinamo» Zagreb.
  • F guruhi: «Real», «RB Leypsig», «Shaxtyor», «Seltik».
  • G guruhi: «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya», «Kopenhagen».
  • H guruhi: «PSJ», «Yuventus», «Benfika», «Makkabi» Xayfa.

Ma’lumot uchun, YeChL yangi mavsumi finali 10 iyun 2023 yil Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqich o‘yinlari 6-7 sentabr kunlaridan start oladi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    топ уйинла бизани кутвотти good

  2. Isfandiyor

    Timur kimga bolet qilas?

  3. Тимур

    Ливерпуль, сизчи?

  4. Isfandiyor

    Barsaga laugh

  5. Isfandiyor

    Interni yutib, 2 urindan 4iqsagam mayli

  6. Тимур

    Бавария жуда кучли лкн

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social