Xiaomi Mi Max 3 e’lon qildi

Xiaomi Mi Max 3 e’lon qildi

Xiaomi Mi Max 3 ni e’lon qildi va bu o’zining eng katta smartfonlaridan biridir. Yangi model 6,9 dyumli displeyga ya’ni 18:9 nisbatga ega. Yuqori va pastdagi ramkalar hech qayerga ketmagan, lekin katta ekran tufayli ular juda ingichka ko’rinadi. Ekran o’lchamlari 1080p ga teng.

Mi Max 3 modeli 5500 mAch batareya quvvatiga ega. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, bir soat davomida u 71% gacha zaryad olishi mumkin ekan. Qurilma Snapdragon 636 protsessori, 12 va 5 megapikselli ikkita orqa kamera va 8 megapikselli selfi kamera bilan jihozlangan.

Smartfonning orqasida barmoq izlari uchun sensor mavjud. Mi Max 3 Android 8.1 Oreo asosida ishlaydi.

Smartfon Xitoyda sotuvga chiqariladi. 4 Gb operativ xotiraga va 64 Gb ichki xotiraga ega qurilma 250 dollarga baholangan. 6 Gb va 128 Gb ga ega esa, 300 dollar turadi. Qurilma ko’k, qora va oltin ranglarda mavjud.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social