10600 mA·s akkumulyator va katta dinamikka ega arzon smartfon taqdim etildi.
Xitoyning Fossibot brendi zarbaga chidamli va 10600 mA·s sig‘imli katta batareyaga ega bo‘lgan F101 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizchina portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Fossibot yosh brend bo‘lib, uning debyut smartfoni aynan F101 modeli hisoblanadi. Qurilma 5,45 dyuymli HD+ ekran, 24 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli qo‘shimcha datchik va 0,3 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Old tomonda 8 megapikselli selfi kamerasi mavjud.
Smartfon MediaTek Helio A22 arzon chipi, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga ega.
Shu bilan birga, Fossibot F101 da asosiy urg‘u 10600 mA·s sig‘imli akkumulyatorga qaratilgan bo‘lib, bu smartfonga 44 kun davomida kutish rejimida ishlash imkonini beradi. Bunday katta batareyani 18 vatt «zaryadka» bilan quvvatlantirish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, smartfonga 3,5 Vt quvvatga ega katta dinamik o‘rnatilgan bo‘lib, korpus IP68, IP69 va harbiy MIL-STD-810G standartlariga muvofiq suv va changdan ham himoyalangan.
Birinchi Fossibot smartfoni 140 dollar (taxminan 1,6 mln so‘m) narxda sotuvga chiqqan.
Батарейка мощь, но сам телефон так себе чикибти, хотя 140 долларга норм
Uxxx
Yaxwiykan, manga yoqdi
Iphonega yetadiga yu baribir
10000 2 kunga uzogi bilan yetadi
Rostanmi? 1.5 oy yoziwganu
Iwlatmasdan yotsa, bir yarim oyga yetadi
A, twunarli, rahmat
Елгон экан дэ бумаса
Yoq, kutiw rejimida dib yozib quyiwgan, kupla nimaligini bilmagan sababli, twuniwmidi
Yaxwi yaxwi telefon
Arzon tagin
Iw u4un zur telefon