Yangi iOS 9.3 o`rnatilgan va ishlamay qolgan iPad ni ishlatish usuli

Yangi iOS 9.3 o`rnatilgan va ishlamay qolgan iPad ni ishlatish usuli

Apple kompaniyasi o`z saytida yangi qo`llanmani joylashtirdi, uning yordamida planshet iPad ni hayotga qaytarishlari mumkin, chunki ular iOS ni yangi versiya 9.3 gacha yangilangandan keyin ishlamay qolyapti.

Shu xafta davomida iPad foydalanuvchilar shiqoyat qilishdi, chunki platformaning versiyasi yangilanganda planshetlar ishlamay qoldi. Forumdagi xabarlarga ko`ra, yangilangan gadjetlar aktivatsiya bo`lolmaydi: ekranda server bilan bog`lanish imkoniyati yo`q degan xabarni ko`rsatadi.

Kompaniya muttaxasislari birinchi bo`lib elektron pochta adresi va Apple ID paroli to`g`ri terilganini tekshirish kerakligi haqida maslahat berishdi.

Agarda muammo echilmasa, gadjetni komp`yuterga ulab, keyin komp`yuterda iTunes ilovani ochib, aktivatsiya tugmasini bosish kerak, keyin Apple ID va parolni terish kerak bo`ladi.

Yana bir usul shundan iboratki, foydalanuvchi www.icloud.com saytga kirishi kerak, oldin planshetni o`chirib qo`yishi lozim, o`z login va parolini terishi so`raladi. Find My Phone bo`limini ochib (iPhone ni topish), ro`yxatda o`zining moslamasini topib, uni tanlab va Remove from Account tugmasini bosish lozim («iPhone Topish» dan o`chirish).

Manba: rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social