“Apple” kompaniyasidan uzoq kutilgan yangi uchinchi avlod iPad taqdimoti bo`lib o`tdi. San-Frantsiskodagi taqdimot marosimida – kompaniya asoschisi Stiv Djobs vafotidan keyin – bosh direktor “Apple” Tim Kukning aytishicha, yangi iPad 3 ga o`rnatilgan to`rt yadroli A5X protsessori evaziga, u oldingi iPad avlodlaridan ancha tez ishlaydi.
U besh megapiksel infraqizil filtrli kamera bilan jihozlangan. Undan tashqari, iPad uchinchi avlodi displeyi yuqori sifat va ranglar to`liqligini qo`rish imkonini beradi. Yangi planshetning “rasm” sifati, HD formatidagi televizor sifatidan ancha yaxshiroq
iPad uchinchi avlodiga o`rnatilgan elektron yordamchi ingliz, frantsuz, nemis va yapon tillarida gapiraoladi. Batareykasining quvvati 10 soatga etadi.
Ushbu yangi model to`plamga va xotira hajmiga qarab 500 dan 830 AQSh dollarigacha turadi. Ikinchi iPad avlodi narxi esa 400 dollargacha tushadi.
Yangi iPad 3 sotuga AQSh da va yana bir nechta boshqa davlatlarda 16 martdan chiqa boshlagan.
endi menimcha noutbuk urniga xamma iPadni ishlatadi,qulay va oson,narxi xam yomon emas
zor,apple gap yoq.moloci
xa juda yangilagan bu ipad3, lekin qimmatroq
narxiga arziydi lekin
endi bu ipad3 menimcha noutbuklarni 2 uringa kuchirib kuyadi!
daxshatni uzginasi!
iphone 5 chikmidimi???