So`ngi saralash bosqichi

So`ngi saralash bosqichi

25 martdan boshlab 31 martgacha Vetnamning paytaxti Xanoy shahrida futbol bo`yicha 2012 yil Londonda bo`lib o`tadigan Olimpiadada ishtirok etish xuquqini beruvchi oxirgi  4 bosqich saralash – pley off o`yinlari bo`lib o`tadi.

Unda O`zbekiston, Ummon va Suriya olimpiya terma jamoalar ishtrok etishadi. Bu barcha uchta jamoa, 3 saralash bosqichlarida o`zlarining guruhlarida ikkinchi o`rinni egaladilar va endi ular doira shaklida musobaqa o`tkazishlari lozim.

Uchta jamoadan eng yaxshisi Olimpiadaga yo`lni davom etadi va 23 aprel kuni Senegal olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashishiga to`g`ri keladi. Juftlikning g`olibi orzu qilgan Londonga yo`llanmani qo`lga kiritadi.

Shuningdek kecha May Din maydonida Suriya va Ummon olimpiya jamoalarining mashg`ulotlari bo`lib o`tdi. Lekin bizning olimpiyachilarimizdan qattiy nazar, Suriya va Ummon olimpiya jamoalari, o`z mashg`ulotlarini asosiy maydonda o`tkazishdi.

Aynan bugun mana shu maydonda London 2012 4 bosqich pley-off saralash baxslarining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:05 da boshlandi. Bu o`yinda Suriya va Ummon olimpiya jamoalari murosa kuchasini tanlashdi, o`yin durang hisobda yakunlandi.Bu o`yinni bizning jamoamiz murabbiy shtabi ham maydondan kuzatib borishdi.

27.03.2012 Ajoyib galaba aziz yurtdoshlar. Bugun olimpiya terma jamoamiz Suriya olimpiyachilari ustidan irodali galabaga erishishdi. Olimpchilarimizning keyingi uyini 29 mart kuni Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tadi. Bu o`yinda ham ularga omad tilab qolamiz.

29.03.2012 Olimpiya terma jamoamiz 2012 yilgi London yozgi Olimpiada o`yinlariga Osiyo qit`asidan so`nggi yo`llanmani boy berishdi.

Olimpiyachilarimiz ummonliklarga 0-2 hisobida yutqazib qo`yishdi. O`yinda vakillarimiz tomonidan yo`l qo`yilgan ko`plab xatolar, jamoamizni mag`lubiyatga olib keldi.

Endi Ummon olimpiya jamosi 23 aprel` kuni Angliyaning Koventri shahrida bo`lib o`tadigan qit`alararo pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib – Senegal olimpiya terma jamoasi.

25 mart, 2012. Suriya – Ummon: 1-1

27 mart, 2012. O`zbekiston – Suriya: 2-1

29 mart, 2012. Ummon – O`zbekiston: 2-0

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. umid

    uzbekiston jamoaga omad tilab qolaman,uyin oson bulmaydi!

  2. Gol

    Кечаги дуранг биззи жамоамиззга имконият, агар биз иккаласиниям ютсак вообщем зур буларди. Омад боллар, ишкилиб Синегаллиям ютиб, Лондондаги уйинларийни тамоша килиб утириш насиб кисин

  3. nodir

    bugun uynashadiyu,yaxshi va omadli uyin kursatadi deb umid qilamiz

  4. Номаълум

    eeeee yana uzbekiston yutkazadi,yoki durang uynidi

  5. Gol

    яна ковун тушуришди, болла энди бориб чойхонада ёгли ош еларинг, лондон армон булди энди

  6. umid

    yaxshi, biz faqat shunaka uynaymiz, yuqoriga chiqib keyin yutkazib kuyamiz!

  7. Номаълум

    хар доимгидек smile ха ха ха

  8. jasur

    endi dunyo chempionatini xam kuldan boy beradi uzbekiston!

  9. Номаълум

    xa shunaka!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social