Yangi “Xiaomi Mi 5 Pro” smartfoni boshqa “Mi 5” smartfonlariga qaraganda ko`pgina yangilanishga ega bo`ldi.
Ulardan biri bu mahsus mahkam keramik qoplamaga ega bo`lishidir va uning yaratilishida 16 bosqichli texnologik jarayon ishlatilgan.
Ushbu qoplamani har qanday qirilishlarga qarshi turishini ko`rsatish uchun, ishlab chiqaruvchi video lavha tayyorlagan. Lavhada “Xiaomi Mi 5 Pro” egov, arra va hatto “drel”ga qarshi chiqadi. Hech bir asbob smartfonning qoplamasiga zarar etkazmadi, boshqa smartfonlarda esa shunday sinov buzilishga olib kelar edi.
Eslatib o`tamiz, xaridor $416 evaziga nafaqat sifatli qoplamali smartfonga ega bo`ladi, yana 2.15 GGts Snapdragon 820 protsessorga, 4 GB operativ xotira va 128 GB o`z xotirasiga ega bo`lgan smartfon sohibi ham bo`ladi.
Manba: 24gadget.ru