Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o`zining navbatdagi yangi Galaxy smartfonini taqdim etilish sanasini ma`lum qildi. 2015-yil, bahorning birinchi kunida Galaxy S6 taqdim etiladi.
Galaxy S6 ning taqdim etilish marosimi 1-mart kuni Barselonadagi mahsus tadbirda bo`lib o`tadi, bu esa Halqaro mobil kongressdan (MWC-2015) bir kun oldin bo`lib o`tadi. Galaxy Unpacked-2015 tadbirida flagman moslamadan tashqari kompaniyaning boshqa moslamalari ham taqdim etilishi kutilmoqda.
Samsung ko`plab axborot vositalariga taklifnomalarni jo`natgan bo`lib, ushbu taklifnomalarda What’s next? («Keyingisi nima?») yozuvi aks etgan va bukilgan metallik chiziqli surat ham ko`rsatilgan. Bundan kelib chiqgan holda aytish mumkinki, Ispaniyada taqdim etiladigan modellardan birida bukilgan ekranli moslama Galaxy Note Edge ga o`xshash bo`lishi mumkin.
Yangi flagman haqidagi xech qanday rasmiy ma`lumotlar yo`q, biroq ijtimoiy tarmoqlarda fodalanuvchilar faollik bilan o`z fikrlarini bildirishmoqda. Ularning aytishlaricha Galaxy ning yangi avlodi bitta emas, balki ikki bukilgan ekranlarga ega bo`ladi. Shuningdek, mish-mishlarga ko`ra, moslama OS Android ostidagi birinchi 64-razryadli Qualcomm Snapdragon 810 protsessorga ega bo`lishi mumkin.
Samsung kompaniyasi yangi smartfon biz o`rgangan Galaxy modellariga o`xshamasligini bir necha marotaba ta`kidlab o`tgan.