Moskvada Yota markasining birinchi smartfoni Yota Phone ning taqdimoti bo`lib o`tdi. Kompaniya uni “birinchi rossiyaning smartfoni” deb atadi. Yota Phone – bu butunlay Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda smartfon Singapurda yig`ilyapti, ammo yaqin orada ishlab chiqarilish butunlay Rossiya hududiga ko`chib o`tadi.
Qurilmaning o`ziga xos xususiyati – bu orqa paneldagi qo`shimcha displey borligidir, ushbu displey «elektron siyoxlar» texnologiya asosida qilingan bo`lib, uni o`qish uchun ilova, pleer, xarita yoki rasm uchun oddiy orqa panel sifatida ishlatsa bo`ladi. Orqa displeyni ishlatish uchun hammasi bo`lib 60 ga yakin funktsiyalar mavjud.. U har doim yonib turishi ham mumkin va shu bilan birga akkumulyator zaryadini olmaydi. Xavfsizlik sifatida kompaniya juda qattiq oynani yani Gorilla Glass ni ishlatdi.
Rossiyada smartfonning narxi 20 ming rublni tashkil etadi. Yangilik xalqaro bozorga ham chiqishga tayyor – u Evropa va Sharq davlatlarida sotiladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ushbu smartfonning ishlab chiqarilishi Rossiya kompaniyasiga katta sinov bo`ladi va qay darajada Rossiya xalqaro bozorida raqobat qila olishini ko`rsatadi.
Smartfonning parametrlari:
Operatsion tizim – Android Jelly Bean 4.2.2
Protsessor – ikki yadroli 1.7 GGts Krait
O`lchami – 133.6 x 67 x 9.99 mm
Vazmni – 146 g.
Rangi – qora, oq
Kamera – asosiy kamera 13 Mp, oldingi kamera 1 Mp
Xotira – 2 Gb operativ xotirasi, 32 Gb ichiga o`rnatilgan eMMC
Akkumulyator – 1800mAch
Video:
iPhon lar xayratda )))
naxotki, manimcha bu dunyodagi birinchi ikkita tarafadgi disley bor smartfon! va yana bu rossia birinchi ishlab chiqarilgan smartfon! gap yo.