JCh-2014 qur`a natijalari bilan tanishing

JCh-2014 qur`a natijalari bilan tanishing

Bugun Kosta-du-Sauipe shahrida navbatdagi jahon chempionati uchun o`tkazilgan qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Ushbu marosimning ilk daqiqalarida JCh-2014ga bag`ishlangan Braziliya milliy udumlari, raqslari va futboli videorolik namoyish etildi. Shuningdek qo`shiqchilar Alisione va Emisiada o`z qo`shiqlari bilan marosimni yanada boyitishdi. Takidlash joyizki ushbu marosimda dunyoning barcha futbol yulduzlari va murabbiylari hamda FIFA prezidenti yozef Blatter va Braziliya prezidenti Dil`ma Ruseff ham ishtirok etdi.

Marosimning asosiy qismi, ya`ni qur`a jarayonida FIFA bosh kotibi Jerom Val`ke hamda sobiq futbolchilar Jeff Xerst, Mario Kempes, Fabio Kannavaro, Lotar Matteus, Zinedin Zidan, Fernando yerro, Kafu, Alsides Jijak qatnashdilar.

Dastlab qur`a to`rtinchi savatchadagi sharchalardan birini ikkinchi savatchaga o`tkazishdan boshlandi. Tabiiyki, bu sharcha ichidagi qog`ozchada qaysi terma jamoa nomi yozilgani hech kimga ma`lum emas edi. Shundan so`ng navbat qur`aning asosiy shartiga keldi va terma jamoalar to`rtadan sakkizta guruhlarga bo`lindilar.

Uzoq kutilayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati 2014-yil Braziliyada 12-iyun`dan start olib, 13-iyul`da esa final o`yini bilan yakunlanadi. JCh-2014 ochilish o`yini 12 iyun` kuni San-Paulu shahrida Braziliya va Xorvatiya jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rahimjon

    Rossiya uchun bundan yaxshi variant bo’lishi mumkin emas! Agar mabodo O’zbekistob chiqib qolganidami, hech bo’lmasa Ingliz va Italyanlardanaster klass olib qaytardi!

  2. umid

    uzi xozir uzbekistonni shu ruyhatda tassavur qildim, kulgim keldi. yoq dedim uzimga uz-on xale bunday darajada emas (((

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social