YouTube tavsiyalari: videolarni tomosha qilish uchun eng yaxshi smartfonlar

YouTube tavsiyalari: videolarni tomosha qilish uchun eng yaxshi smartfonlar

Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimotida YouTube vakillari tomonidan Note 9 ga YouTube da videolarni tomosha qilish uchun eng yaxshi smartfon nomi berildi. Galaxy Note 9 smartfoni bilan bir qatorda HTC, Xiaomi, LG, OnePlus, Sony, Huawei va Nokia kabi kompaniyalarning smartfonlari YouTube da videolarni tomosha qilish uchun eng yaxshi smartfonlardan biri deb tanlandi.

Qanday qilib smartfonlar YouTube da videolarni tomosha qilish uchun eng yaxshi smartfon ro’yxatiga kiritilgan. Buning uchun smartfonda:

– 360 darajada kontentni ko’rish;

– HDR rejimini qo’llab-quvvatlash;

– yuqori kadrlar tezligi (60 k/s yuqori);

– 4K;

– kodeklar (yangi avlod);

– yuqori DRM ishlashi kerak.

Siz ushbu ro’yxatga kiritilgan smartfon modellarini YouTube Device Report saytida ko’rishingiz mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu ro’yxatga Apple kompaniyasining hech bir smartfoni kiritilmagan.

Lekin, Google raqibining mahsulotlarini reklama qilishni istamagan degan ayblovlarga shoshilmang. Apple kompaniyasining smartfonlari Google tomonidan ishlab chiqilgan VP kodekini qo’llab-quvvatlamagani uchun, Safari brauzerining foydalanuvchilari yuqori sifatli 4K  YouTube videolarini ko’rish imkoniga ega emaslar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social