ZTE Axon M: planshetga aylanadigan birinchi smartfon

ZTE Axon M: planshetga aylanadigan birinchi smartfon

Samsung va Apple egiluvchan smartfonlar ishlab chiqarishi hozircha mish-mish bo’lsa, Xitoyning ZTE kompaniyasi dunyodagi birinchi shunday qurilmani ishlab chiqardi.

“ZTE Axon M” AQShning AT&T muloqot operatori uchun maxsus mahsulot sifatida taqdim etildi. Qurilma ikkita alyuminiy bo’laklardan iborat va noutbuk kabi uzun yonidan qo’shilgan. Ularning har biri 5,2 dyum diagonalli va 1920 x 1080 piksel (FullHD) ekranga ega.

ZTE Axon M asosiy rejimdan tashqari, uch xil rejimda ishlaydi.

Parallel rejim (Dual mode, A/B): bir qurilma, ikki ekran, maksimal ishlashi. Shu rejimda bir vaqtning o’zida ikki xil dasturlar ishlatish mumkin, masalan, birinchi displeyda sport uchrashuvini kuzatish va ikkinchisida esa pitsaga buyurtma berish mumkin yoki bir vaqtning o’zida serial tomosha qilish va do’stlaringiz bilan suhbatlashishingiz mumkin.

dual

Kengaytirilgan rejim (Etended mode, /-): planshetni simulyatsiya qilish. Ushbu rejim sizga videolarni tomosha qilish, elektron pochtani tekshirish yoki 6,75 dyumli katta kvadrat displeyda o’yin o’ynashingiz mumkin.

extended

Oyna rejim (Mirror mode, A/A): jamoaviy ko’rish. Ushbu rejimda kontentni ko’pchilik bilan ko’rish oson bo’ladi.

miror

Axon M butunlay zamonaviy smartfondir. Qurilmada Snapdragon 821 chip, operativ xotira 4 GB va 64 GB ichki xotira, microSD 256 GB gacha qo’llab-quvvatlash va noyob 20 megapikselli Ikkita rangli chiroqli kamera bor va 4K o’lchamda video ko’rish imkoniyatlari mavjud. Batareya quvvati 3180 mAh ni tashkil etadi va u zamonaviy simmetrik USB-C porti bilan zaryadlanadi.

Manba: Hitech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social