Litvalik fotograf Eugeniyus Kavalyauskasning chumolini mikroskop ostida besh marta kattalashtirib olgan surati ajoyib natijaga erishdi, deb yozadi “Pravila jizni”.
Hasharot boshining aqlbovar qilmaydigan darajada tasvirlangan surati tufayli Kavalyauskas Nikon Small World Photomicrography Competition tanlovida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Suratda chumoli go‘yo dahshatli filmdagi yirtqich hayvon kabi juda qo‘rqinchli bo‘lib ko‘ringan.
“Men birinchi marta mikrosurat ola boshlaganimda, barcha hasharotlarni yirtqich hayvonlarga o‘xshaydi, deb o‘ylagandim, — deydi Kavalyauskas. — Ammo endi bunga ko‘nikib qoldim va oyog‘imiz ostida juda ko‘p qiziqarli, chiroyli va noma’lum mo‘jizalar borligidan hayratlanaman”.
Fotograf jurnalistlarga chumolini Litvaning Taurage shahridagi uyi yaqinidan, o‘rmonda suratga olganini aytib o‘tdi. “Men har doim detal, soya va nozik burchaklarni qidiraman. Suratlarimning asosiy maqsadi nimanidir birinchilardan bo‘lib kashf qilish”, — deydi Kavalyauskas. —Yaratganning mo‘jizalari va ilohiy durdonalarni ko‘rish imkoniyati meni hayratga soladi”.
ЧТО ЗА УЖАС!
Yo tovba
Chumolimi wu???
AAAAAAAAAAAAA
fuuuu
4umolilaga endi normalni qaromiman
Xudoning mujizasi!!!
voy
Chumolila 4iroyli dirdim…