10 daqiqada zaryad oluvchi smartfon

10 daqiqada zaryad oluvchi smartfon

Yaponiyaning Softbank operatori Fujitsu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Arrows A 301F smartfonini taqdim etdi. Ush bu yangi qurilma 10 daqiqa zaryad olganidan so`ng butun kun mobaynida ishlaydi.

Arrows A 301F smartfoni 1080r formatli 5 dyuymli displeyga, Qualcomm Snapdragon 800 protsessoriga, 2 GB operativ xotirasiga, 13 MP kameraga va o`zining 64 GB hotirasiga ega va shuningdek microSD xotira kartasi xam mavjuddir. Orqa panelda esa barmoq izlarini skaneri joylashtirilgan. Smartfon Android 4.2 Jelly Bean operatsion sistemasi orqali ishlaydi. 2600mAch akkumulyatori esa to`liq zaryad bilan 3 kun ishlash imkoniyatini beradi, 10 daqiqa zaryadkasi esa smartfonning to`liq bir kun ishlashga imkoniyat beradi. Bunday ko`rsatgichlarga Quick Charge 2.0 texnologiyasi orqali erishilgan.

Quick Charge 2.0 texnologiyasi 2013 yil fevral oyda namoishi bo`lib o`tgan edi. U akkumulyatorning zaryad olishini 75% ga qisqartirish imkoniyatini beradi. Texnologiya ishlashi uchun, smartfonga micro-USB interfeysi bilan maxsus zaryad asboblari kerak bo`ladi.
Smartfon WCDMA i LTE tarmoqlari bilan ishlaydi. Xamda Wi-Fi adapteri IEEE 802.11a/b/g/n/ac va Bluetooth 4.0, mikrochip NFC, GPS resiver xam bor. Namlikga qarshi bo`lgan korpus 70x141x10,3 mm, tashkil qiladi. Og`irligi esa – 157 g. Korpusning ranglari uchta: qora, oq va pushta ranglardan iborat.

Yaponiyada Arrows A 301F sotuvlari 2013 yilning dekabr oyida boshlanadi. Apparatning qiymati to`g`risida ma`lumotlar berilmagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social