100000 (yuz ming) so’mlik banknotalar chiqishi maqullandi

100000 (yuz ming) so’mlik banknotalar chiqishi maqullandi

15-yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi.

100000 (yuz ming)so’mlik banknoti Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarga ko‘ra muomalaga chiqarilada:

– aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
– naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;
– aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;
– muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 (yuz ming) so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tavsifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social