15 jiddiy, ammo kulgili hayot qonun-qoidalari!

15 jiddiy, ammo kulgili hayot qonun-qoidalari!

  1. Kan va Orben aksiomasi:

Agarda boshqa hech nima yordam bermasa, iltimos, qo’llanmani o’qing!

  1. Yang qonuni:

Barcha buyuk kashfiyotlar xatodan kelib chiqadi.

  1. Meskimen qonuni:

Ishni kerakligicha bajarish uchun doim vaqt yetmaydi, ammo uni qaytadan bajarish uchun vaqt topiladi.

  1. Fingeylning sakkizinchi qonuni:

Jamoada ishlash juda muhim. Jamoa aybni boshqasiga to’nkash uchun yaxshi imkoniyat beradi.

  1. Lerman oqibati:

Sizga doimo vaqt yoki pul yetishmaydi.

  1. Murphy ilmiy tadqiqotlar qonuni:

O’z teoriyangizni himoya qilish uchun doimo yetarlicha tadqiqot o’tkazish mumkin.

  1. Ettore kuzatuvi:

Qo’shni navbat doim tezroq yuradi.

  1. Segal qonuni:

Bitta soatga ega bo’lgan inson aniq vaqtni biladi. Bir nechta soatga ega bo’lgan inson hech nimada amin bo’lmaydi.

  1. Richardning o’zaro bog’liqlik qonuni:

Uzoq vaqt saqlab turgan narsangizni, tashlab yuborishingiz mumkin. Uni tashlab yuborganingiz zahoti, bu narsa sizga kerak bo’lib qoladi.

  1. Kolbasa qonuni:

Kolbasani sevadigan va qonunni hurmat qiladigan inson, kolbasa va qonun qilinadigan jarayonni ko’rmasligi kerak.

  1. Harrisson qoidasi:

Har bir ishga unga qarama-qarshi tanqid bor.

  1. Dru professional amaliyot qonuni:

Kam to’lagan, doimo hammadan ko’ra ko’proq nolishni boshlaydi.

  1. Van Roy qonuni:

Sinmaydigan o’yinchoq, boshqa o’yinchoqlarni sindirish uchun foydalidir.

  1. Qidiruv qonuni:

Qidiruvni kutilmagan joydan boshlash kerak.

  1. Banan qoidasi:

Agarda siz pishmagan banan sotib olsangiz, ular pishadigan vaqtgacha qolmaydi. Agarda siz pishgan banan olgan bo’lsangiz, bananlar yeyilishidan oldin buzilib ketadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social