Har yili okeanga 8 million tonnagacha axlat tushadi va ular okean satxida suzib yuradi. Bu axlatlar suvning flora va faunasiga katta zarar etkazadi. Vaziyat achinarli ko`rinishga ega bo`lmoqda. Ammo 20 yoshli talaba Boyan Slet buning echimini topdi.
Talaba va uning jamoasi 10 yil ichida butunlay dunyo okeanini axlatlardan tozalash tizimini o`ylab topishdi. Keyingi yilda jamoa Yaponiya va Janubiy Koreya orasidagi Tsusima orolining qirg`og`iga yaqin suvga 2000 metrlik texnik uskunani tushurmoqchilar. Bu dunyodagi eng iflos joylardan biri hisoblanadi.
Mazkur texnik uskuna okean hayvonot olamiga halaqit bermaydi. Moslama suv ustidagi axlatlarni ushlab qoladi. Agar shunga o`hshash ishlarni qayiq va to`rlar yordamida amalga oshirilganda, 70 ming yil ketgan bo`lardi.
Moslama 5 yil mobaynida sinov sifatida ishlatiladi va tizim 100 km uzunlikda o`z ishini boshlaydi.
Manba: adme.ru
Tabiat va dynyoni oylaydigan, qayğuradigan shunaqa yoshlarni kopaytirsin rabbim