2017-yilning eng yomon parollar ro’yxati e’lon qilindi

2017-yilning eng yomon parollar ro’yxati e’lon qilindi

“SplashData” kompaniya ma’lumotlar himoya qilish mutaxassislari, 2017-yilda 5 million parollar bazasini muhofaza qilib, bu yilning eng zaif va ishonchsiz kodlarining reytingini tayyorlashdi. “123456” va “parol” ketma-ket ikki yil maboaynida reytingdan o’rin olgan, “futbol” so’zining mashhurligi keskin tushib ketgan va “starwars” birinchi marotaba birinchi yuztalikka kirib, 16-o’rinni egalladi.

Ro’yxatining yuqorida har doim oddiy parollar o’rin olishdi: “qwerty” 4-o’rinda, “admin” 11-o’rinda, “login” 14-o’rinda. Ogohlantirilishlarga qaramay, ko’plab foydalanuvchilar o’z ismlarini parollar sifatida ko’rsatmoqdalar. Top-50 ga bir necha avtomobil brendlari joy olganlar, masalan “ferrari” yoki “mercedes”.

Mutaxassislar ehtiyot bo’lish uchun elektron pochta, onlayn-banking va boshqa onlayn xizmatlar uchun bir xil parolni foydalanmaslikni tavsiya qilishadi. Xavfsiz parol, kamida sakkiz belgilarni, raqam va kichik va katta harflar o’z ichiga olishi, hamda maxsus belgilar (masalan, pastki chiziq, dollar yoki foiz) larni o’z ichiga olishi kerak. 1Password, LastPass yoki Dashlane parollar menejerlar yordamida ishonchli ketma-ketlikni yaratish mumkin.

2017-yilning eng yomon parollari o’nligi  quyidagicha (qavslar ichida o’tgan yilga o’zgarish):

  1. 123456 (o’zgarmagan)
  2. parol (o’zgarmagan)
  3. 12345678 (+1)
  4. qwerty (+2)
  5. 12345 (-2)
  6. 123456789 (yangi)
  7. letmein (yangi)
  8. 1234567 (o’zgarmagan)
  9. football (-4)
  10. iloveyou (yangi)
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social