2018-yilning 1-avgustidan mashina oynalarini qoraytirishga ruxsat beriladi

2018-yilning 1-avgustidan mashina oynalarini qoraytirishga ruxsat beriladi

2018 yil 1 avgustdan mashina oynalarini qoraytirishga pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi.

Qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Mashina oynalarini qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak etib belgilandi.

Qoraytirishga ruxsatnoma quyidagi to‘lovlar asosida amalga oshiriladi:

  • Jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m);
  • Yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m);
  • Xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m).
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social