Ko‘rinishidan, OpenAI ChatGPT ichida yangi tasvir generatsiya modeli — Images V2 ni bosqichma-bosqich joriy eta boshlagan. Hozircha rasmiy e’lon bo‘lmadi, ammo foydalanuvchilar sun’iy intellekt endi 21:9 formatdagi keng ekranli rasmlar yaratishni o‘rganganini va oldingi modellardagi biroz “sarg‘ish” effekt yo‘qolganini payqashmoqda.
Alohida e’tibor Reddit’dagi bir postga qaratildi. Unda yangiliklar efiriga o‘xshash tarzda stilizatsiya qilingan rasm joylangan bo‘lib, unda yangi model allaqachon chiqgani aytiladi. Eng qizig‘i — rasm ichidagi matnlar juda aniq yozilgan va u haqiqiy skrinshotdek ko‘rinadi. Shu sabab ko‘pchilik buni haqiqiy reliz isboti sifatida qabul qilmoqda.
Foydalanuvchilar yangi modelda quyidagi yaxshilanishlarni ta’kidlashmoqda:
yanada aniq detallar,
promptlarga (buyruqlarga) yaxshiroq moslashish,
matn bilan ishlashning sezilarli darajada yaxshilanishi.
Bularning barchasi esa Images V2 haqidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirmoqda.
“GPT Images V2 — shunchaki ajoyib! Mana u bilan nimalar qilish mumkin” (Postga biriktirilgan rasmlar haqiqatan ham detallar, realizm va matn aniqligi bilan hayratlantiradi.)
ViralOps ismli foydalanuvchi quyidagi rasmni aynan Images V2 yordamida yaratganini aytmoqda. Agar bu rost bo‘lsa, ChatGPT endi hatto mayda qo‘l yozuvlarini ham juda aniq generatsiya qila oladi.
“GPT Images V2 — bu murakkab kompozitsiyalar, ko‘plab detallar va matn bilan ishlash uchun eng ilg‘or tasvir generatsiya modellardan biri.”
Rasmiy e’lonning yo‘qligi ko‘pchilikda shubha uyg‘otmoqda, ammo foydalanuvchilarning ko‘plab xabarlari buning aksini ko‘rsatmoqda. Qiziq tomoni — bir nechta Lifehacker muharrirlari ham 21:9 formatdagi rasmlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan, hatto bepul versiyada ham.
Images V2 bor-yo‘qligini qanday tekshirish mumkin?
Atigi ikki qadam:
ChatGPT bosh sahifasini oching.
21:9 formatda rasm yaratishni so‘rang, masalan: “21:9 formatga sig‘ish uchun egilgan jirafa”
Agar natijada keng ekranli rasm chiqsa (bizdagi kabi), demak yangilanish sizda ham ishlayapti.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, yaqinda OpenAI dasturchilarga DALL·E modeli 2026-yil 12-maydan yopilishini ma’lum qilgan. Bu esa kompaniya tasvir generatsiyasini to‘liq GPT-modellariga o‘tkazayotganidan darak beradi.
Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
Juda qiziq yangilik ekan! 21:9 format chiqgani kontent yaratuvchilar uchun zo‘r imkoniyat bo‘ldi
Agar bu haqiqatan ham Images V2 bo‘lsa, demak ChatGPT endi dizaynerlarga jiddiy raqobatchi bo‘lyapti
Men ham sinab ko‘rdim — haqiqatan keng format chiqyapti! Bu update allaqachon ishlayapti shekilli.
Eng yoqqani — matnlar ancha to‘g‘ri chiqyapti. Oldin AI bilan text yozish juda muammo edi.
OpenAI yana jimgina katta yangilik qilibdi, rasmiy e’lon ham yo‘q marketing o‘zgacha darajada.
Agar DALL·E yopilsa, demak bu yangi model juda kuchli bo‘lishi kerak. Kelajak juda qiziq bo‘lyapti
Sinab korganlar bormi? Ishlayaptimi?
Zo‘r yangilik! Nihoyat 21:9 format ham qo‘shilibdi bu dizaynerlar uchun katta plus.
Men sinab ko‘rdim, haqiqatan ham sifat ancha yaxshilangan!
OpenAI yana hammadan oldinda ketayapti, gap yo‘q
Endi thumbnail va bannerlar qilish ancha oson bo‘ladi.
Hamma hype qilyapti, lekin hali rasmiy e’lon yo‘q-ku
Balki bu faqat testdir, hammaga chiqmagandir.
Lekin baribir natijalar yomon emas, tan olish kerak.
OpenAI doim jim turib katta ish qiladi
Rostdan ham matnlar to‘g‘ri chiqyapti, hayron qoldim
Oldin AI bilan yozuv qilish azob edi, hozir esa zo‘r!
Bu update menga juda yoqdi, ayniqsa dizayn uchun ❤️ Lekin baribir real dizaynerlar o‘rnini bosolmaydi deb o‘ylayman.
Eh yana AI… hamma narsani o‘zi qilib qo‘yadi endi Dizaynerlarga qiyin bo‘ladi shekilli, ishlar kamayadi.
Hamma narsa avtomatlashtirib yuborilayapti, bu yaxshi emas. Lekin texnologiya zo‘r, tan olish kerak… aralash fikrdaman.
Juda qiziq! Men hali sinab ko‘rmadim, lekin ko‘rishim kerak
Rasmlar juda real chiqyapti deyishyapti, ishonsam bo‘ladimi?
Agar tekin versiyada ham ishlasa, bu bomba! Texnologiya juda tez rivojlanayapti, yetib olish qiyin bo‘lyapti
Bu hali boshlanishi, keyinroq yanada kuchliroq bo‘ladi
GPT bilan hamma narsa qilish mumkin bo‘lib qolyapti.
DALL·E yopilayotgani hammasini tushuntiradi aslida.
Kim AI’ni o‘rganmasa, orqada qoladi, fakt
Ishlatib kordim, juda zor chiqibti