Inson tanasida plastik: haftasiga bitta bank kartasi “yeyayotganingizni” bilasizmi?

Inson tanasida plastik: haftasiga bitta bank kartasi “yeyayotganingizni” bilasizmi?

Yaqin vaqtgacha plastik ifloslanish haqida gapirilganda insoniyat okeanlar yuzasidagi chiqindilar yoki nobud bo‘layotgan kitlarni tasavvur qilar edi. Biroq 2026 yilga kelib vaziyat yanada jiddiyroq tus oldi: plastik endi faqat atrof-muhitda emas, u bizning qonimiz, tana a’zolarimiz va hatto tug‘ilajak farzandlarimizning hujayralarida aniqlanmoqda.

Mikroplastmassa diametri 5 millimetrdan kichik bo‘lgan plastik zarrachalardir. Ular plastik buyumlarning parchalanishi natijasida paydo bo‘ladi.

Yaqinda o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlar inson tanasining deyarli barcha qismlari: o‘pka, jigar, buyrak va hatto yurak mushaklarida mikroplastmassa zarralari mavjudligini ko‘rsatdi. Bu holat plastik zarralari tanamizning eng himoyalangan qismlariga ham kirib borayotganini anglatadi.

Masalan, The Guardian jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, odamlar kuniga 68 mingtagacha mikroplastmassa zarrachasini nafas orqali yutishi aniqlangan. Ya’ni inson tanasi haftasiga o‘rtacha 5 gramm plastik, tushunarliroq qilib aytadigan bo‘lsak, bitta bank plastik kartasi miqdoridagi mikrozarralarni qabul qilmoqda. Ushbu zarrachalar o‘pkaga kirib, keyinchalik qon orqali boshqa a’zolarga ham tarqaladi.

Mazkur zarralar yo‘ldosh – plasenta orqali onadan homilaga o‘tishi isbotlandi. Achinarli tomoni shundaki, yangi avlod zaharli plastikni yutgan holda dunyoga kelmoqda.

Mikroplastmassa nima uchun xavfli?

U shunchaki “yot jism” emas, mazkur modda tanaga ikki xil usulda zarar yetkazadi:

Birinchisi – mexanik ta’sir: o‘ta kichik nano-plastmassalar hujayra membranalarini yirtib, ularning ichiga kiradi va tabiiy jarayonlarni buzadi. Bu hujayra darajasidagi surunkali yallig‘lanishga sabab bo‘ladi.

Ikkinchisi – kimyoviy zaharlanish: plastik ishlab chiqarishda ishlatiladigan bisfenol A (BPA) va ftalatlar gormonal tizimni izdan chiqaradi. Ushbu moddalar gormonlarni “aldab”, o‘zini gormondek tutadi va oqibatda bepushtlik, semizlik hamda saraton xavfi ortadi. Bundan tashqari, arteriya devorlarida to‘plangan plastik zarralari insult va infarkt xavfini 4 baravargacha oshirishi mumkin.

Xo‘sh, tanamizga plastmassa qayerdan kiryapti o‘zi?

Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, inson haftasiga o‘rtacha 5 gramm plastik, ya’ni bitta bank plastik kartasi miqdoridagi mikrozarralarni yutmoqda. Asosiy manbalardan biri plastik idishdagi suvlar: uni ochganingizda suvga aralashgan minglab zarralarni yutasiz.

Keyingisi choy paketlari: bir dona neylon choy paketi issiq suvda 11 milliarddan ortiq mikro-zarracha ajratishi mumkin.

Bundan tashqari, sintetik kiyimlar ham shu toifaga kiradi: kiyimlarimizdan ajralayotgan mikro-tolalar havodan nafas yo‘llari orqali organizmga kiradi.

Qanday himoyalanish kerak?

Plastik moddachalardan butunlay himoyalanish imkonsizdek ko‘rinsa-da, uning ta’sirini kamaytirish uchun mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni bermoqda:

§ Plastik idishlarni qizdirmaslik: bunday idishda ovqatni isitish zararli moddalarning bir necha barobar tezroq ajralishiga sabab bo‘ladi.

§ Filtrlangan vodoprovod suvi ichish: shishadagi suvlarga qaraganda sifatli filtrdan o‘tgan oddiy suvda mikroplastmassa miqdori ancha kam saqlanadi.

§ Tabiiy matolardan tayyorlangan kiyim kiyish: paxta, ipak va zig‘ir matosidan tikilgan liboslarni tanlash foydaliroq.

§ Shisha va keramika idishlardan foydalanish: oshxonada plastik idishlarni shisha yoki zanglamaydigan po‘lat idishlarga almashtiring.

Hozirda global miqyosda plastikdan foydalanishni cheklash bo‘yicha yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Biroq salomatligimizni asrash har birimizning kundalik tanlovimizga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bu juda qo‘rqinchli ma’lumot ekan biz har hafta plastik yeyayotganimizni o‘ylab ham ko‘rmaganman.

  2. Odamlar hali ham plastikni e’tiborsiz ishlatyapti, bu esa katta muammo!

  3. Tabiatga zarar — oxiri o‘zimizga qaytib kelarkan…

  4. Shu maqolani hamma o‘qishi kerak, juda muhim!

  5. Endi plastik idishlardan iloji boricha voz kechaman. Bu faqat boshlanishi bo‘lsa kerak, yana nimalarni bilmaymiz…

  6. Voy bu juda dahshatli… hatto bolalarga ham o‘tayotgani yurakni ezadi.

  7. Oldin shunchaki suv ichaman deb o‘ylardim, endi esa qo‘rqib qoldim.

  8. Choy paketlari haqida bilmagan edim, bu meni shok qildi! Endi filtrlangan suv ichishga o‘taman.

  9. Sog‘liq hamma narsadan muhim ekan… Juda foydali va o‘ylantiruvchi maqola ❤️ Raxmat

  10. Hamma narsani dramatizatsiya qilib yubormayapmizmi?

  11. Ha, plastik zararli, lekin bu darajada ham bo‘lsa… ishonish qiyin.
    Lekin ilmiy tadqiqotlar bo‘lsa, demak jiddiy o‘ylash kerak.
    Eng yomoni — biz baribir undan to‘liq qocholmaymiz.

  12. Real yechimlar kerak, shunchaki qo‘rqitish emas.
    Baribir ehtiyot choralarini ko‘rish zarar qilmaydi.

  13. Dilnoza

    Bu maqola meni o‘ylantirib qo‘ydi

  14. Dilnoza

    Har kuni plastik bilan yashaymiz, lekin oqibatini o‘ylamaymiz.

  15. Dilnoza

    Eng qo‘rqinchlisi — homilaga o‘tishi… bu juda og‘ir. Endi kiyim tanlashda ham e’tibor beraman.

  16. Dilnoza

    Shisha idishlarga o‘tish vaqti keldi! O‘zimizni himoya qilishni boshlashimiz kerak

  17. Yana bitta “sensatsiya” maqola chiqibdi Fazotv yaxshi koradi shunaqa maqolalani

  18. Har safar yangi qo‘rqinchli raqamlar chiqadi, qaysi biri rost? laugh

  19. Lekin BPA va ftalatlar haqida eshitganman, bu rost. Balki muammo bor, lekin bu darajada emasdir? Nima qilasila qorqitib hammani?

  20. Baribir odamlar panikaga tushib ketadi shunaqa maqolalardan. Sila ozi panikani yaxshi korasila

  21. O‘rtacha fikr: ehtiyot bo‘lish kerak, lekin ortiqcha qo‘rqmaslik ham.

  22. Bu kelajakdagi eng katta muammolardan biri bo‘ladi! Plastik allaqachon tanamizda — bu juda xavfli signal.

  23. Agar hozir choralar ko‘rilmasa, keyin kech bo‘ladi. Texnologiya rivojlanmoqda, lekin ekologiya orqada qolmoqda.

  24. Har birimiz kichik o‘zgarishlardan boshlashimiz kerak. Bu maqola — ogohlantirish, e’tibor bermaslik katta xato!

  25. Uffff, jonga tegdi hammasi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social