Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat

Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat

Noviy ochag” nashri tuxum tozalash, telefonni quvvatlash kabi odatiy yumushlarni oson hamda tez bajarish usullari bilan bo‘lishdi.

Qanday qilib kalitlarni chalkashtirib yubormaslik mumkin?

Kalitlarni turli xil rangdagi lak bilan bo‘yash tavsiya etiladi. Agar kalitlar ko‘p bo‘lsa va qaysi rang qaysi qulfga mos kelishini eslab qolish qiyin bo‘lsa, qulflar va kalit teshiklariga lak bilan rangli belgilar qo‘yish mumkin.

Oziq-ovqatlarni yopiq holda saqlashning qanday usuli mavjud?

Ko‘pincha mahsulotlar namlikni (masalan, pechenye) yoki hidni o‘zlashtirib olmasligi kerak. Bunday vaqtda havo o‘tkazmaydigan idishlarga ehtiyoj yo‘q, faqat plastik butilkaning bo‘yni va qopqog‘ini kesib olish kifoya. Bunday qadoqlash hatto poyezd yoki samolyotda uzoq safarga ham bardosh beradi.

Tuxumni qanday qilib tez tozalash mumkin?

Tuxum qaynatiladigan sovuq suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasini qo‘shish tozalash jarayonini oddiy va tez amalga oshishiga yordam beradi.

Lab bo‘yog‘ini o‘chirish mumkinmi?

Buning uchun soch uchun mo‘ljallangan lak lab bo‘yog‘i dog‘iga sepiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin dog‘ gubka bilan artib olinadi va odatdagidek yuviladi.

Ichimliklarni qanday sovitish kerak?

Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi, shunda ular to‘liq qoplanadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 daraja sovuq bo‘ladi.

Mikroto‘lqinli pechda makaronni qanday tezda isitish mumkin?

Aslida, suyuq sous bo‘lmagan har qanday taomni shunday istish kerak. Uni isituvchi plastinka ustiga qo‘yish mumkin emas, chunki taomni o‘rta qismi isimaydi. Shunchaki taomni aylana shaklida tezroq isitish mumkin.

Qanday qilib pashshalardan ichimliklarni himoyalash kerak?

Oddiy keks qoliplar yoki qahva idishi filtrlari piknikda ichimliklarni hasharotlardan himoya qiladi.

Rakvina tagini qanday tezda tozalash mumkin?

Dush pardasi ilinadigan moslamani rakvinaning tag qismiga joylashtirib, barcha ilish mumkin bo‘lgan jihozlarni osib qo‘yish mumkin. Natijada barcha narsa tartibli turadi.

Smartfonni tezda quvvatlantirish uchun layfxak

Uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirish tavsiya etiladi. Mobil telefon energiyani yangilanishlarga, tarmoqni qidirishga va hokazolarga sarflamaydi va tezroq quvvat oladi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Manzura

    good

  2. Shavkat

    qiziq qiziq

  3. rostanmi?

  4. Ibrohim

    good

  5. muzdek yess

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social