Amazon internet do`koni mollarni uchuvchisiz dronlar yordamida etkazib berish texnologiyasini o`ylab topdi. Yangi tizim Amazon Prime Air nomiga ega bo`ldi, ushbu tizim orqali etkazib berish vaqti 30 daqiqagacha bo`lishi mumkin.
Bir uchuvchi apparat 2,3 kg gacha bo`lgan mollarni etkaza oladi, bu esa Amazon kompaniyasining hamma buyurtmalarning 90% dir.
Biz aholining katta qismiga ega shahar tumanlarda o`z xizmatimizni etkazib berishni mo`ljalayapmiz. Ammo bu xam xamma narsa uchun bo`lmaydi: masalan biz katta bo`lgan buyumlarni yoki stolga qo`yiladigan arralarni etkazolmaymiz – deb aytib o`tdi kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Djeffri Bezos.
Shuningdek, uchuvchisiz dronlar buyurtma rasmiylashtirilgan zavodlardan faqatgina 10 mil gacha bo`lgan masofani ucha oladi.
Bu mustaqil dronlar uchuvchilar yordamida emas, balki GPS-koordinatlar bo`yicha harakatlanadi. Hozirda ushbu uchadigan appartlarni ishlatishga bir asosiy muammo – bu ularning xavfsizlik garovidir, toki ushbu uchar apparat insonlar boshiga tushmaslikdir.
Umuman olganda, texnologiya foydalanishga tayyor, faqatgina AQSh xududida dronlarni ishlatish uchun qonuniy ruxsatnoma olish kerak bo`ladi. Kutilishicha, ushbu dronlar bilan foydalanish ruhsati 2015 yilda olinadi.