Amerikalik 21 yoshli Maks Park 3×3 o‘lchamdagi kubik-rubikni 3,13 soniyada terib, jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Park rekord o‘rnatmasidan oldin o‘z kuchini boshqa kubik-rubikda sinab ko‘rish imoniyatiga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng, yordamchi unga quti ichidagi kubik-rubikni taqdim etgan va ushbu jarayonni videoga olgan. Parkda o‘yinchoqni terishidan oldin uni ko‘zdan kechirish va qanday harakat qilishini o‘ylash imoniyati bor edi. Natijalarga ko‘ra u kubik-rubikni 3,13 soniyada terib mutlaq jahon rekordini o‘rnatgan.
Avvalgi rekord 2018-yilda kubik-rubikni 3,47 soniyada tergan xitoylik Du Yuyshenga tegishli edi.
2022-yilning sentabr oyida Maks Park birdaniga beshta 3×3 o‘lchamdagi kubik-rubikni terish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan, u bunga o‘rtacha 4,86 soniya sarflagan. Shundan so‘ng Park kubik-rubiklarni terish bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan. Ushbu turdagi kubik-rubikni terish bo‘yicha birinchi o‘rin o‘yinchoqni 4,69 soniyada yasagan xitoylik Yihen Vanga tegishli.
Очень круто! Молодец
Qiyinroq aralashtirsa, yiga olishmidi
Barakalla!
Qoyil
Odam nimalarga qodirligini hech qachon toliq bila olmaymiz
Men ham kubik rubik terishni õrganganman. Axir terishni formulalari borku. Shuning uchun ham menga oson. Tez tera olmasam ham anniq tera olaman.
Qatdan urgangansz?
Zorku
Qoyilman
Barakalla dirdimu, lekin shunday insonlar kop
Qoyilman
Ajoyib zorkuuu omad tilayman ularga
Aziza albatta ustozdan. Bizni maktabda mental arifmetika bilan kubik rubik terishni biladigan. Va bilmaydiganlarga õrgatadiga texnalogiya ustozimiz bor. Tinib tinchimagan ustozda õziyam matematikadan ham repititor õtadi