O‘zingizga foyda: issiq ob-havo sharoitida qilmaslik kerak bo‘lgan cheklovlar

O‘zingizga foyda: issiq ob-havo sharoitida qilmaslik kerak bo‘lgan cheklovlar

Yuqori harorat inson organizmiga yomon ta’sir qilishi sir emas. Biroq issiqda qilinmasligi kerak bo‘lgan narsalar borligidan nihoyatda ozchilik xabardor. Chunki bu sog‘liq va hatto hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Ko‘p yillik tajribaga ega terapevt Aliya Kaliyeva nima uchun issiqda gazlangan suv ichish tavsiya etilmasligi va ventilyator nega kuchli issiqda xavfli bo‘lishi haqida gapirib berdi.

Ha, haqiqatan ham, issiq davrda sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lum cheklovlarga rioya qilishingiz kerak.

Haddan tashqari issiqda hech qachon muzdek gazlangan ichimliklar ichmang

Turli gazlangan ichimliklar deyarli har doim shakarning yuqori konsentratsiyasini o‘z ichiga oladi va bu, bilganimizdek, juda xavflidir va diabet rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, chanqog‘ingizni shirin suyuqlik bilan qondirish qiyin, chunki qonga tushgan shakar organizm hujayralaridan suvning chiqarib yuborilishiga sabab bo‘ladi. Bu bilan 5-10 daqiqadan so‘ng siz yana chanqaysiz. Chanqoqni xona haroratida oddiy suv yoki iliq choy bilan qondirgan ma’qul. Bir parrak limon qo‘shishingiz mumkin. Ichimlik sovuq yoki muzday bo‘lmasin, chunki u kuchli terlashga va natijada organizmdan suyuqlik yo‘qolishiga olib keladi. Jaziramada suyuqlik iste’molini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak. Darhaqiqat, 20-25 foiz suvsizlanish odamlar uchun halokatli ekanligini ko‘pchilik bilmaydi.

Intensiv sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmang

Issiqda sport bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi, chunki sportda yurak-qon tomir tizimi ortiqcha yuk bilan ishlaydi. Tayyor bo‘lmagan odamning issiqda yugurishi miokard infarkti, insultga olib kelishi mumkin va shunga mos ravishda erta o‘lim xavfi sezilarli darajada oshadi.

Ventilyator oldida turishning hojati yo‘q

Ko‘pchilik parrak qarshisida turib, terning qurishini va shu orqali salqinlashni yaxshi ko‘radi. Sovitish usuli juda samarali, ammo juda xavflidir. Gap shundaki, parrakdan kelayotgan havo oqimi organizmning ma’lum qismlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gipotermiya paydo bo‘ladi, bu esa mushaklar va qon tomirlarining spazmini keltirib chiqarishi, qon oqimi yomonlashishi ehtimolini oshiradi. Mushaklar, bo‘g‘imlar va limfa tugunlari yallig‘lanadi.

Tomoq-burunning shilliq qavati ham yallig‘lanib, bu shamollash, tomoq og‘rig‘i va hatto bronxitga olib kelishi hech gap emas. Bundan tashqari, siydik yo‘llari tizimi shamollashi mumkin.

Ko‘pincha shunchaki salqinlash istagi uzoq davom etadigan surunkali yallig‘lanish jarayonlariga va qimmat davolanishga olib keladi. Xuddi shu qoida konditsionerga ham amal qiladi: sovuq havo oqimi ostida turish juda zararli. Shuningdek, 35 gradusdan yuqori haroratlarda, ayniqsa, avtomobil, avtobus, yuk mashinasi kabinasida o‘rnatilgan parrak foydasiz va hatto zararli bo‘lib, u faqat issiq havoni haydaydi.

Metall pardalardan foydalanmang

Derazalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan ofis yoki uyda yorqin rangli yoki qalin pardalardan foydalanish kerak. Derazadagi metall pardalarni yopish bilan ularni faqat qo‘shimcha issiqlik manbaiga — bir turdagi isitgichga aylantiramiz. Bu e’tiborga olinishi kerak.

Spirtli ichimliklar ichmang

Haddan tashqari issiqda har qanday alkogolli ichimliklar ichmaslik kerak. Spirtli ichimliklarning diuretik ta’siri mavjud. Shu bilan birga, spirtli ichimliklar organizmdagi suvni ushlab turadigan va buyraklarda ishlab chiqarilishini cheklaydigan vazopressin gormonini ham oshiradi. Issiqda terlashning ko‘payishi bilan birga, bu organizmda suyuqlik yetishmasligi — suvsizlanishga olib keladi. Shuningdek, issiqda alkogol yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi, taxikardiya — yurakning tez urishi va noto‘g‘ri ishlashi, tomirlar spazmi, jumladan, miya tomirlarining spazmlariga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi cheklovlarning barchasi bemorning sog‘lig‘iga qarab individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qandli diabet bilan og‘rigan odamlar issiqdan boshqalarga qaraganda ko‘proq ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ushbu kasallikdan aziyat chekadigan odamlar uchun jazirama haqiqiy dushman bo‘lib, u gipoglikemiyani qo‘zg‘atishi mumkin.

Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Ku4ada yurib bumettikuu

  2. Тимур

    Очень нужна инфа перед жаркими днями

  3. Diyorbek

    Uh ti

  4. Farangiz

    Uyda o’tirganimiz yaxshi

  5. Otabek

    Qiziq smile

  6. Oybek

    Qalesila?

  7. Gulli

    Ajoyib foydali maqola ekan manga yoqdi havo juda issiq boʻlyapti

  8. Aziza

    Ku4aga 4iqmi quydim, uyda utiribman smile

  9. Otabek

    Kunduz kuni yurib bo’lmayapti ko’chada

  10. Aziza

    Konditsioner uyda busa buldi, qogani keremas laugh

  11. Otabek

    Bugun undanam issiq

  12. Gulli

    Juda

  13. Aziza

    Nonga 4iqudim, yonib keti didm rofl

  14. Qobil

    wacko nimala bolyapti kochada

  15. Gulli

    Aziza ha shuda issiqda

  16. Aziza

    Hayvonlarizga qanaqa qilb qaravos?

  17. Gulli

    Suv oʻt yem deganlaridayda

  18. Aziza

    Salom alaykum Gulli, yaxwimisz? Ne4ta sigiriz bor?

  19. Otabek

    Namuncha isib ketdi fool

  20. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz 2ta sigir 2ta hoʻkiz 1ta buzoqcha qoʻyimiz va eshak bor

  21. Aziza

    Kotta oila ekansila smile Sutni uziz olasizmi?

  22. Gulli

    Ha albatta mendan boshqa kim qiladi bu ishni necha yildan beri shunday sigirimiz menda boshqani yoniga obormidida

  23. Gulli

    Ha lekin bular ham toygacha chunki akamlarni toʻyi uchun boqyapmiz mollarni keyin bitta mol boqilsa kerak uydagilarni gapi boʻyicha

  24. Aziza

    Bowqa molni sotasilami?

  25. Gulli

    Yoʻq toyda mol soʻyiladi biz tomonda

  26. Aziza

    Be4ora cry

  27. Sarvinoz

    Olib qolaman bunaqa issuda sad

  28. Laziz

    Ko’chada vawe issiq

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social