Apple kompaniyasi iMac monobloklari uchun virtual klaviaturasi uchun patent oldi. Texnologiya sezgir bo`lib, foydalanuvchi virtual klaviaturani haqiqiy his qiladi.
“Business Insider” xabarlariga ko`ra, Apple ning virtual klaviaturasida “Taptic Engine” texnologiyasi ishlatiladi, ushbu texnologiya “aqlli” Apple Watch soatlarida ishlatiladi. Apple Watch soatlari ogohlantirishlarni olganda taktil signalni foydalanuvchiga beradi, uning bilagiga teginishga o`xshab. Ushbu “teginish” hodisalariga ko`ra har xil bo`ladi va foydalanuvchi ekranga qaramasdan moslama unga nima haqida xabar berganini bilishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, kompaniya ushbu texnologiyani MacBook noutbuklarini yanada yupqaroq qilish uchun ishlatishi mumkin yoki masalan iMac, iPhone va iPad uchun simsiz klaviaturasining yupqa versiyasini chiqarishi mumkin. Jurnalistlarning aytishicha, yangi texnologiya an`anaviy klavishalarni terish usulini kengaytirishi mumkin va bu qo`shimcha funtsiyalarni yaratishga imkoniyat beradi.
Manba: NakedScience