Ush bu aqlga sig`maydigan lift Berlin shahridagi RadissonBlu mexmonxonasida joylashgan. U qattiq akril oynasidan yasalib, katta tsilindr ichiga joylashtirilgan. Akvarium 900 ming litr dengiz suvi bilan to`ldirilgan va uning ichida 56 turdagi 2600ta baliqlar mavjud.
“Aqua Dom”- bu lift atrofida tsilindr shaklida yasalib uning baladligi 25-metrdan iboratdir. Ushbu akvariumni tozalash va baliqlarni ovqatlantirish uchun ikkita g`avvozchilar ishlaydilar.
“Aqua Dom” 2003 yil dekabr oyida ochilgan. Ush bu mo`jizaning qurilishi uchun 12,8 million evro sarflangan. Akvariumning dizaynini “International Concept Management, Inc” kompaniyani ishlab chiqqan. Tsilindrik akril oyna esa “Reynolds Polymer Technolog” kompaniyasi tomonidan yasalgan. “Aqua Dom” – tsilindrining diametri 11 metrdan iborat bo`lib, u 9 metrli beton fundamentda o`rnatilgan.
Xozirga kelib ushbu markaz Berlindagi eng diqqatga sozovor joylardan biriga aylanib ulgurgan.
dahshatuuu bu