Baby Shark bolalar qo‘shig‘iga ishlangan klip tarixda birinchi bo‘lib YouTube’da 10 milliard marta ko‘rildi, deb yozadi Meduza.
Video rekord belgisiga 2022-yil 13-yanvar kuni ertalab erishdi. Ko‘rishlar soni allaqachon 10 milliard 7,7 million martaga yetdi.
“Baby Shark” qo‘shig‘iga ishlangan klip 2016-yil iyun oyida e’lon qilingan edi. 2020-yilning noyabr oyida video Luis Fonsining Despacito klipini ortda qoldirib, YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylangan.
YouTube’da bir milliard tomosha qilinganlik ko‘rsatkichi ilk marta 2011-yilda janubiy koreyalik qo‘shiqchi Psy’ning Gangnam Style qo‘shig‘iga ishlangan klip bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyo aholisi taxminan 7,9 milliard kishini tashkil etadi.
bolam bn ewitamiz, juda yaxwi kuradi![blum](https://fazo.tv/wp-content/plugins/kama-wp-smile/packs/qip/blum.gif)
baby shark do do dod ododododod![rofl](https://fazo.tv/wp-content/plugins/kama-wp-smile/packs/qip/rofl.gif)
yaxwi kuraman wu awulani
jinni4a awula