Bahor fasli haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bahor fasli haqida qiziqarli ma’lumotlar
Hademay yurtimizga fasllar go’zali bahor tashrif buyuradi. O’zining nafis ko’inishi, yoqimli ob-havosi bilan barchani maftun etuvchi ushbu fasl haqidagi faktlar ham sizni qiziqtirsa kerak, albatta. Marxamat ular bilan tanishing!
Buyuk Britaniyalik olimlar bahorda, bolalar yilning boshqa vaqtlariga qaraganda tezroq o’sishi haqidagi fikrni isbotladilar.adi. Ular ushbu fikrni bahorda quyosh nuri ko’payib, bolaning tanasi D vitaminini faol qabul qila boshlaganligi bilan izohlashdi.

Ammo, Kolumbiya universiteti olimlarining fikriga ko’ra, bahorda tug’ilgan odamlar boshqalarga qaraganda ko’proq yurak xastaligidan aziyat chekishar ekan. Ammo, ular ichida peshqadamlar juda ko’p topiladi.

Bahorda odamning nafas olish tezligi sezilarli darajada oshadi: uzoq qish oylarida tanada kislorodga talab paydo bo’ladi va issiqlik boshlanishi bilan u muvozanatni tiklaydi.

Yaponiyaliklar uchun bahor, shubhasiz, sakura daraxti gullashidir. Butun mamlakat bo’ylab millionlab daraxtlar och pushti gullar bilan qoplanadi. Bu vaqtda yaponlar imkon qadar tabiat qoynida bo’lishga harakat qilishadi.

Buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin bir necha bor bahorni yilning eng yomon vaqti deb hisoblashini aytib o’tgan ekan. Bu haqda hatto she’r ham yozgan.

Shveytsariyaning Jeneva shahrida bahor rasmiy qaror chiqarilgandan keyingina keldi deb aytish mumkinh. Shahar markazida kashtan o’sadi, unda birinchi barg paydo bo’lishi bilanoq – bahor keladi. Ushbu an’ana 1818 yildan beri mavjud. Aytgancha, bahorning Jenevaga eng erta kelishi 3 yanvar kuni qayd etilgan. Bu 1991 yilda sodir bo’lgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social