Loyiha astronomlar va biologlar tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda
AQSHning Reflect Orbital startapi AQSH Federal aloqa komissiyasidan (FCC) Eärendil-1 nomli tajriba sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun ruxsat oldi. Ushbu apparat ulkan oynaga ega bo‘lib, qorong‘u tushganidan keyin ham Quyosh nurini Yer yuzasiga aks ettira oladi. Kompaniya bu texnologiyani kelajakda tijorat xizmatiga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Og‘irligi 142 kilogramm bo‘lgan va taxminan muzlatkich hajmidagi qurilma Yer orbitasidan 650 kilometr balandlikka chiqariladi. Uchirilgandan so‘ng apparatda uzunligi qariyb 18 metr bo‘lgan yupqa oyna ochiladi. Ushbu oyna Quyosh nurlarini diametri deyarli 5 kilometr bo‘lgan hududga yo‘naltira oladi. Reflect Orbital ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzidan qaralganda sun’iy yo‘ldosh to‘lin Oy kabi yorqin nuqta sifatida ko‘rinadi.

Hozircha FCC faqat bitta tajriba sun’iy yo‘ldoshi uchun litsenziya bergan. Biroq kompaniyaning rejalari ancha ulkan. Ular joriy yilning o‘zida ilk uchirishni amalga oshirmoqchi, 2035-yilgacha esa orbitaga 50 mingtagacha shunday apparat joylashtirishni maqsad qilgan.
Loyihaning asosiy g‘oyasi — “talab bo‘yicha quyosh nuri” xizmatini yaratish. Kelajakda mijozlar Reflect Orbital sayti yoki mobil ilovasi orqali kerakli hududni yoritishga buyurtma bera oladi. Kompaniya bu texnologiyadan qutqaruv operatsiyalari, qurilish maydonchalari, qishloq xo‘jaligi va tungi vaqtda kuchli yorug‘lik talab qilinadigan boshqa sohalarda foydalanishni taklif qilmoqda.

Ish jarayonida bitta sun’iy yo‘ldosh tanlangan hududni 36 000 lyuksgacha yorita oladi. Bu kunduzgi yorug‘lik darajasiga yaqin ko‘rsatkich hisoblanadi. Kelajakdagi katta orbital tarmoq esa taxminan 100 lyuks darajasida doimiy yoritishni ta’minlashi rejalashtirilgan. Bu koridor yoki lift ichidagi yorug‘lik darajasiga teng.
Bunday xizmat arzon bo‘lmaydi. Reflect Orbital hisob-kitoblariga ko‘ra, bitta sun’iy yo‘ldoshdan foydalanish yillik shartnoma asosida mijozlarga soatiga taxminan 5 ming dollarga tushadi. Kompaniya hammuassisi Ben Novakning ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatlar yoki maxsus tadbirlar uchun bir martalik buyurtmalar bundan ham qimmatroq bo‘ladi.
“Biz FCC’ning yangi kosmik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish muhimligini tan olganidan minnatdormiz. Ushbu litsenziya texnologiyamiz samaradorligi va ishlab chiqqan xavfsizlik choralarimizni sinchkovlik bilan tekshirish yo‘lidagi ilk qadamdir.”
Ben Novak, Reflect Orbital hammuassisi
Biroq loyiha allaqachon astronomlar va biologlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Amerika Astronomiya Jamiyati sinovlarni taqiqlashga uringan, ammo FCC bu talabni rad etgan. Komissiya bunday texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish jamoat manfaatlariga mos kelishini va AQSH kosmik sanoati rivojlanishiga xizmat qilishini bildirgan.

Yevropa Janubiy Observatoriyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, oynali har bir sun’iy yo‘ldosh osmondagi Venera sayyorasidan taxminan to‘rt baravar yorqinroq bo‘lishi mumkin. Olimlar minglab bunday reflektorlar astronomik kuzatuvlarni sezilarli darajada qiyinlashtirishidan ogohlantirmoqda. Kuchli yorug‘lik ifloslanishi mavjud shaharlarda esa ular tungi osmondagi eng ko‘zga tashlanadigan “yulduzlar”ga aylanishi mumkin.
“Yerga yaqin past orbitadagi har qanday yirik obyekt muhim ilmiy ma’lumotlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Innovatsiyalar muhim, ammo endi kosmosga nimani joylashtirish mumkinligi haqida emas, balki u yerga haqiqatan ham nima joylashtirish kerakligi haqida o‘ylash vaqti keldi.”
Jeyms Bleyk, Uorik universiteti Kosmosni o‘rganish markazi ilmiy xodimi
Mutaxassislarni yana bir masala xavotirga solmoqda — tirik organizmlarga bo‘ladigan ta’sir. Yevropa Biologik Ritmlar Jamiyati prezidenti, Lester universiteti genetigi Haralambos Kiriaku fikricha, orbitadan muntazam sun’iy yoritish odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning tabiiy biologik ritmlarini buzishi mumkin.
Tadqiqotchilar bu hodisa uchun hatto yangi atama ham taklif qilishgan — “orbital yorug‘lik ifloslanishi”.
Hozircha Reflect Orbital faqat tajriba uchirishiga ruxsat olgan. Shu sababli texnologiyaning atrof-muhit va astronomik kuzatuvlarga haqiqiy ta’siri amaliy sinovlardan keyingina aniq bo‘ladi.



Voy quyosh nurini ham sotadigan zamon kelibdi
Ilmfan juda tez rivojlanyapti ekan
Bu loyiha ishlasa juda katta yangilik bo‘ladi
Lekin osmonni buzib yubormaydimi shuncha apparat
Astronomlarga ham qiyin bo‘lib qolarkan Baribir o‘qib hayron qoldim, kino emas real loyiha ekan
Men buni fantastik film syujeti deb o‘yladim
Tunda ham quyosh bo‘lishi g‘alati tuyularkan Bechora qushlar nima qiladi unda Odamlar ham uxlay olmay qolsa kerak
Lekin qutqaruv ishlari uchun foydali bo‘lishi mumkin Hozircha ishonish qiyin
Odamlar Yerda muammoni hal qilolmay kosmosga oyna osmoqchi
50 mingta sun’iy yo‘ldosh degani juda katta raqam
Keyin osmonni ko‘rmay qolamiz shekilli astronomlar bekorga qarshi chiqmayapti
Menimcha foydasidan zarari ko‘proq bo‘ladi pul topish uchun yana bitta loyiha
Juda qiziq maqola ekan ❤️ Ilgari bunaqa narsalarni faqat multfilmlarda ko‘rardik
Tunda yorug‘lik bo‘lsa xavfsizlik ham oshadi balki
Lekin tabiatga zarar qilmasmikan
Olimlar oldin yaxshilab tekshirib ko‘rishi kerak
Fazotv ilmiy yangiliklarni yaxshi chiqararkan
5000 dollar soatiga boylar uchun xizmat ekan Oddiy odamga nima foydasi bor bundan
Pul bo‘lsa quyoshni ham sotib olasan degan gap rostga o‘xshaydi
Menimcha bu loyiha uzoqqa bormaydi Reklama ko‘p, natija kam bo‘ladi
Ko‘ramiz hali nima bo‘lar ekan
Ko‘ramiz hali nima bo‘lar ekan
Men astronom bo‘lganimda aniq qarshi chiqardim
Tungi osmonning o‘z go‘zalligi bor-ku
Yulduzlarni ko‘rish qiyinlashsa yomon
Lekin texnologiya tarafidan qaraganda zo‘r g‘oya
Hamma narsaning ikki tomoni bor Qiziq mavzu bo‘libdi ✨
Texnik tomondan juda murakkab loyiha ekan
18 metrlik oyna orbitada ochilishi oson ish emas
Muhandislar kuchli ishlagan ko‘rinadi Agar muvaffaqiyatli chiqsa yangi bozor paydo bo‘ladi
Lekin ekologik xavotirlar ham jiddiy
Men bu loyihani kuzatib boraman
Odamlar oyga chiqdi dedik, endi quyoshni ijaraga beradigan bo‘libdi
Ertaga oy nurini ham sotishadi shekilli
Lekin tan olish kerak, g‘oya juda original
Kommentlarda hamma urishyapti, men esa qiziqib o‘qiyapman
Ishlasa tarixiy loyiha bo‘ladi Ishlamasa yana bir milliardlik eksperiment bo‘lib qoladi
Yaqinda havoniyam pulga sotishadi ablaxlar