Bayramingiz muborak aziz yurtdoshlar!!!

Bayramingiz muborak aziz yurtdoshlar!!!

Yurtimizda o`ziga xos bo`lgan bayramlar juda ko`p. Har bir  millatning, xalqning urf – odati,  yashash sharoiti, milliy qadriyatlari asosida turli bayramlar nishonlanadi. Lekin ularningorasida shunday bayram borki, bu millatning mustaqilligi bilan bog`liq. Ushbu bayram  xalqimizning erkinligini, vatanimizga bo`lgan milliy iftixorimizni  ifoda etadi. Shuning uchun hammustaqillik bayrami xar birimizuchun eng ulug`, eng azizbayram hisoblanadi.

Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo`lmasdan, o`z milliy manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko`zlab, iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar bilan o`sishini ta`minlash, aholining farovonligini, xalqaro maydonda Vatanimizning obro`-e`tiborini munosib darajaga ko`tarishdir.

Shubilanbirga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati etadigan, hech kimdan kam bo`lmasdan hayotga kirib kelayotgan etuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish demakdir.

Bugun mamlakatimiz, butun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intilib kutgan, hayotimizning ma`no-mazmunini tubdan o`zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma ikkiyilligini shoduxurramlik bilan nishonlamoqda.

Shunday ekan barchangizni mustaqilligimizning 22 yilligi bilan tabiklaymiz. Bayramingiz muborak bo`lsin aziz yurtdoshlar!!!

09/01/2013

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social